Samsung Galaxy M20s'ning 6000 mA/soatlik akkumulyatori "jonli" suratda

Samsung Galaxy M20s'ning 6000 mA/soatlik akkumulyatori

Tarmoqda hali taqdim qilinmagan, ammo rekord darajada quvvatli akkumulyatorga ega deya aytilayotgan Samsung Galaxy M20s’ning “jonli“ suratlari paydo bo‘ldi. 

Koreyadagi sinov laborotoriyalaridan birida olingan suratda EB-BM207ABY nomli, 22,45 Vt/soat yoki 5831 mA/soat sig‘imli hamda 3,85 V kuchlanishli akkumulyator aks etgan. Avvalroq, Galaxy M20s smartfoni SM-M207 model raqami ostida tayyorlanayotgani haqida aytib o‘tgan edik. Agarda yuqoridagi ma’lumot rost bo‘lib chiqsa, ushbu qurilma avtonom ishlash vaqti bo‘yicha Samsung rekordchisi bo‘lishi mumkin.

Shunday ekan, Galaxy M20s’ning 6000 mA/soatlik akkumulyatorga ega bo‘lishi haqidagi gap-so‘zlar tasdiqlanmoqda. Taqqoslash uchun, Galaxy M20 smartfonida batareya sig‘imi 1000 mA/soatga kam bo‘lib, 5000 mA/soatni tashkil qilgandi.

Afsuski, Galaxy M20s modelining taqdimot vaqti hamda boshqa texnik xususiyatlari borasida hozircha ma’lumot yo‘q. Hozirgacha bozorga chiqarilgan har xil rusumlardagi Samsung telefonlarini esa 619 000 so‘mdan boshlangan narxlar evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Note 10 va Note 10+ larda nega audio jek yo‘q?

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!