Samsung Galaxy M32'ning asosiy jihatlarini Geekbench ko‘rsatib berdi

Samsung Galaxy M32'ning asosiy jihatlarini Geekbench ko‘rsatib berdi

SM-M325FV model raqamiga ega va Galaxy M32 smartfoni ekani ishonilayotgan Samsung qurilmasi Geekbench'da ko‘rinish berib, o‘zining asosiy jihatlarini namoyon qildi.

Benchmark ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, SM-M325FV qurilmasi Android 11 operatsion tizimida ishlaydi va 6GB operativ xotiraga ega. Smartfonga MT6769V/CT o‘rnatilgan, bu Helio G80 protsessorining bir qismi sanaladi.

Geekbench smartfonning boshqa jihatlari haqida ma’lumot bermagan, biroq M32 o‘tgan hafta DEKRA'da ko‘rinish berib, 6,000 mAs akkumulyatorga egaligini ko‘rsatgan edi.

Samsung Galaxy A32 4G

Galaxy M32 qurilmasi Galaxy A32 4G asosiga qurilgani aytilmoqda. A32 4G Helio G80, 6.4" FullHD+ 90Hz AMOLED ekran, ekranosti barmoq izi skaneri va 15 vattda zaryad oluvchi 5,000 mAs lik akkumulyatorga ega.

O‘QING: Snapdragon 750G chipi va 5,000 mAs akkumulyatorga ega Samsung Galaxy M42 5G smartfoni taqdim qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!