Samsung Galaxy M51'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishing

Samsung Galaxy M51'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishing

Ushbu smartfonning o‘ziga xos jihati uning 7,000 mAs sig‘imli akkumulyatoridir.

Galaxy M51 smartfoni Snapdragon 730G chipseti bilan jihozlangan. 90Hz yangilanish chastotasiga ega SuperAMOLED ekran esa 6.7 dyuym diagonalli. Asosiy kamera 64MP rezolyutsiyaga ega.

Samsung Galaxy M51'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 163.9x76.3x9.5 mm, 213 g; shishadan ishlangan old panel (Gorilla Glass 3+), plastikdan ishlangan orqa panel, palstik rom.

> Displey: 6.70" SuperAMOLED Plus, 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 393 piksel/dyuym zichlik.

> Chipset: Qualcomm SDM730 Snapdragon 730G (8 nm): sakkiz yadroli (2x2.2 GHz Kryo 470 Gold & 6x1.8 GHz Kryo 470 Silver); Adreno 618.

> Xotira: 6/128GB, 8/128GB; microSDXC (maxsus slot).

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 10, One UI 2.5.

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 64 MP, f/1.8, 26 mm, 1/1.73", 0.8µm, PDAF; •Ultrakeng: 12 MP, f/2.2, 123˚; •Makro: 5 MP, f/2.4; •Sath: 5 MP, f/2.4.

> Old kamera: 32 MP, f/2.0, 26 mm (keng), 1/2.8", 0.8µm.

>Video yozuv: •Orqa kamera: 4K@30 kadr/sek., 1080p@30 kadr/sek.; •Old kamera: 4K@30 kadr/sek., 1080p@30 kadr/sek.

> Akkumulyator: 7000 mAs; 25 Vt tezkor quvvatlash, 115 daqiqada 100% quvvat (reklamaga ko‘ra), simli teskari quvvatlash.

> Boshqa: barmoq izi skaneri (yon tomonda); NFC; FM radio.

Mana, qahramonimizning texnik jihatlari bilan tanishdik. Keling, endi qadoq tarkibini ko‘rib chiqamiz.

Qadoq tarkibi
Galaxy M51 smartfoni oddiygina oq karton qutida sotiladi. Qadoq ustiga jilovdor rangda smartfon nomi yozib qo‘yilgan.

Ichkarida esa barcha kerakli akksessuarlar: quvvatlagich, USB-C kabeli va quloqchinlar bor. Lekin himoya g‘ilofi yo‘q.

O‘QING: Samsung Galaxy S20 FE'ning to‘liq texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!