Samsung Galaxy M52 5G smartfonining to‘liq texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Samsung Galaxy M52 5G smartfonining to‘liq texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Internet sahifalarida Galaxy M52 5G smartfonining texnik jihatlari paydo bo‘ldi. Likster Ishan Agarval bergan ma’lumotiga ko‘ra, M52 5G Snapdragon 778G chipi, uchta kamera hamda katta hajmli displeyga ega bo‘ladi.

O‘QING: 5,000 mAs akkumulyator, 48MP kamera va Android 11'ga ega navbatdagi «yirtqich» — Galaxy M32 5G'ning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Aniqroq qilib aytganda, smartfon 6.7 dyuymli Full HD+ rezolyutsiyadagi Super AMOLED displeyi bilan jihozlanadi. Displeyning yuqori o‘ng burchagida esa 32MP selfi kamera joylashgan bo‘ladi. Smartfonning 6/128GB, 8/128GB xotira turi mavjud.

Orqa paneldagi kameralar modulida 64MP asosiy kamera, 12MP ultrakeng, 5MP sath kameralardan iborat bo‘ladi. Ammo ba’zi suratlarda smartfonda to‘rtinchi 5MP makro kamera bo‘lishi ko‘rsatilgan.

Smartfon Android 11 operatsion tizimi hamda One UI 3.1 grafik qobig‘ida ishlaydi. Qurilmaning o‘lchamlari 164 x 75 x 7mm bo‘lib, og‘irligi 175 grammni tashkil qiladi.

O‘QING: Samsung Galaxy A52s 5G smartfoni chiqdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!