Samsung Galaxy Note 10 va Note 10+'lar Wi-Fi 6 sertifikatiga ega dunyodagi ilk smartfon!

Samsung Galaxy Note 10 va Note 10+'lar Wi-Fi 6 sertifikatiga ega dunyodagi ilk smartfon!

Samsung Galaxy Note 10 va Note 10+ flagmanlari Wi-Fi Alliance'dan Wi-Fi 6 sertfikatini olgan ilk smartfon hisoblanadi. Bu esa Note'lar yangi standart aloqa turini to‘liq qo‘llab-quvvatlab, tarmoqlarning optimal darajada ishlashiga imkon beradi, deganidir.

Vaholanki, Note'lar bunday xususiyatga ega yagona qurilma emas. Galaxy S10 triosida ham Wi-Fi 6 aloqa turu mavjud. Biroq S oilasi vakillari Wi-Fi Alliance akkredatsiyasiga ega emas. iPhone 11'larda ham Wi-Fi 6 bor, lekin ular hali sertfikatlangan qurilmalar ro‘yxatiga kiritilganicha yo‘q.

Ma’lumot uchun, Wi-Fi o‘tgan yili tarmoq turlarini nomlash tizimini soddalashtirdi. Wi-Fi 6 aslida 802.11ax standartining yangicha nomi bo‘lsa, Wi-Fi 5 802.11ac hisoblanadi va hokazo.

Wi-Fi 6'ning yangi jihati shuki, bu standart Belgilangan vaqt oralig‘idagina ishlash ("Target-Wakeup Time, qisqacha TWT) funksiyasiga ega bo‘lib, bu tarmoqqa ulangan devaysning quvvatini tejaydi. TWT qurilmaga qachon tarmoqqa ulanib, ma’lunot o‘tkazish va qachon passiv bo‘lish buyrug‘ini beradi. Yangi standartda, shuningdek, MIMO (birdan ortiq foydalanuvchi, birdan ortiq simli internet manbayi, birdan ortiq tarmoq siganli tarqatish) ham takomillashtirilgan va kodlashtirish samaradorligi ham oshirilgan. Bu esa yagona tarmoq kengligi orqali ko‘proq ma’lumot o‘tkazish imkonini beradi. TWT bu yerda ham qo‘l keladi: bir vaqtning o‘zida Wi-Fi'ga aktiv ulangan qurilmalar soni kamroq bo‘lgani uchun internet tezligi unchalik kamaymaydi.Hozirda yangi standartni qo‘llab-quvvatlovchi bir nechta router va qaynoq nuqtalar bor. Bular qatoriga Huawei 5G CPE Pro va the Asus RT-AX88U'lar kiradi.

O‘QING: Wi-Fi parolini Android-smartfon orqali aniqlasa bo‘ladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!