Samsung Galaxy Note 5 va Galaxy Tab S2 uchun Android 7.0 Nougat tayyorlanmoqda

Samsung Galaxy Note 5 va Galaxy Tab S2 uchun Android 7.0 Nougat tayyorlanmoqda

Bundan bir necha kun ilgari Samsung Electronics kompaniyasi Galaxy S6 va S6 Edge uchun Android 7.0 Nougat dastur versiyasini tayyorlashni boshlab yuborgani to‘g‘risida saytimizda xabar bergan edik.

Kuni kecha Samsung bilan aloqador yangiliklarni yorituvchi Sammobile saytida paydo bo‘lgan ma’lumotga qaraganda, Janubiy Koreya texnologiya giganti Galaxy Note 5 va Galaxy Tab S2 modellari uchun  Android 7.0 Nougat versiyasini yaratish ustida ham ish olib bormoqda ekan.

Samsung Galaxy Note 5 va Galaxy Tab S2 qurilmalari ham Galaxy S6 va S6 Edge singari 2015 yilda sotuvga chiqarilgan. Yangi versiya orqali yuqoridagi gadjetlar Android 7.0 Nougat dasturining deyarli barcha imkoniyatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Android 7.0 Nougat versiyasi Samsung smartfonlari orasida birinchi bo‘lib, joriy yilgi flagmanlar Galaxy S7 va S7 Edge modellariga chiqariladi. Hozircha dasturning chiqish sanasi noaniq bo‘lsa-da, avvalroq uning beta-sinov bosqichida ekanligi ma’lum qilingan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!