Samsung Galaxy Note 9 hali namoyish etilgani yo‘q, lekin kimlardir uni allaqachon tutib yuribdi

  •   Saroy
  •  1128
  •  17.07.2018 11:42

Samsung Galaxy Note 9 hali namoyish etilgani yo‘q, lekin kimlardir uni allaqachon tutib yuribdi

Samsung kompaniyasi Galaxy Note 9 taqdimotiga tayyorgarlik ko‘rib turgan bir paytda, SEO kompaniyasi rahbari D.Dj Kox (D.J. Koh) allaqachon smartfonni omma ko‘zi o‘ngida tutib yuribdi.

Kompaniya rahbarini matbuot xodimlari uchun uyushtirilgan tadbirda suratga olishgan. U esa hech narsaga parvo qilmay, xotirjam turgancha ko‘p sonli jo‘rnalistlar ko‘z o‘ngida o‘zining  Galaxy Note 9 smartfonini chiqargan. Rasmda ko‘rinib turibdiki, smartfonning qo‘sh kamerasi gorizontal tarzda joylashgan va uning ostida barmoq izlari skaneri bor. Telefonning o‘zidan tashqari, CEO  S Pen stilusini ham ishlatmoqda, unda  Blutooth-modul bor.

O‘QING:Galaxy Note 9: taqdimot, narx, jihat va savdoga chiqadigan kun

Galaxy Note 9 keng formatli Super AMOLED-displeyi bilan ta’minlangan, u 6.3 dyuymga ega. Smartfonning ishlashini top protsessorlardan bo‘lgan  Exynos 9810 yoki  Snapdragon 845 (bozoriga qarab, albatta) ta’minlaydi. Xotira sig‘imi 6/8 GB OZU, shuningdek 128/256/512 GB PZU. Bundan tashqari, apparatda qo‘sh kamera bor xuddi Galaxy S9+ kabi, batareya sig‘imi esa 4000 mAch.

O‘QING:Super Charge tezkor quvvatlantirgich sertifikatsiyadan o‘tdi

Yangi apparat 9 avgustda Nyu-York shahrida rasman taqdim etiladi. Avgustning o‘rtalarida dastlabki buyurtmalarni berish mumkin, avgust oxiriga kelib do‘kon rastalarida ko‘rasiz. So‘nggi xabarlarga qaraganda, smartfon qimmatlashmas ekan. 6/128 GB bo‘lgan modifikatsiya uchun narxi 1163 dollar. 

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!