Galaxy Note FE: 07.07.2017'da rasman sotuvga chiqarildi

Galaxy Note FE: 07.07.2017'da rasman sotuvga chiqarildi

Samsung kompaniyasi 2017 yilning 6 iyulida Galaxy Note 7 fabletining qayta tiklangan modelini qayta taqdim qildi va devaysi 7 iyul kuni Koreya smartfon bozoriga chiqarildi. Qurilma brend muxlislari sharafiga Galaxy Note FE (Fan Edition) deb nomlandi va texnik jihatdan originalidan bir oz farq qiladi. Aslidan eng muhim farq batareya sig‘imida — endi 3500 emas, 3200 mA soat. Shuningdek, flagmanda Galaxy S8'ga xos interfeys, jumladan Bixby virtual yordamchisi joriy qilingan.


Internet tarmog‘ida Galaxy Note FE smartfoni qadoqdan olingan ilk videolar tarqaldi. Natijada, fablet muxlislari devays bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Xususan, smartfon qadog‘i ustida ko‘k rangda yurakcha shakli tushirilgan. Bu brend muxlislarining Samsung'ga bo‘lgan oqibatlari timsoli bo‘lsa, ajab emas.

Qolgan jihatlari bilan bu qadoq Galaxy S8'ning korobkasini eslatib yuboradi: ichkari qismida  apparatning o‘zi, quvvatlash adapteri, USB-C kabeli, perexodniklar jamlanmasi, SIM-kartalar uchun to‘g‘nog‘ich, garnitura va qo‘llanmalar mavjud. Galaxy Note FE komplektida, shuningdek smartfon rangiga monand kitobcha shaklidagi chexol ham bor. Bu kompaniyaning o‘zining ishqibozlariga atagan yoqimli sovg‘asi.

Galaxy Note FE flagmani Qualcomm Snapdragon 821 protsessori, 4 GB operativ xotira, sig‘imi 2560 x 1440 pikselli 5,7 dyuymli Super AMOLED displeyga ega bo‘lgan. Metall korpus IP68 standarti asosida suv hamda changning ta’siridan himoyalangan.


Fablet 64 GB yoki 128 GB doimiy xotirali talqinlarda ishlab chiqarilmoqda. Apparat ko‘k, tilla va kumush rangli talqinlarda taqdim qilingan. Bor-yo‘g‘i 400 000 dona sotuvga chiqariladigan Galaxy Note FE $610 dollardan boshlab sotilmoqda. Ya’ni, fablet originalidan 30% ga arzon.

Samsung Galaxy Note FE bilan birga xaridorlar biometrik modul o‘rnatilgan Home nomli klavishni, shuningdek S-Pen stilusini ham sotib olishlari mumkin.

Quyida Samsung Galaxy Note FE'ning qadoqdan ochilishiga oid 5 daqiqalik videoni tomosha qilishingiz mumkin.