Samsung Galaxy Note10+ bilan tanishamiz: dizayn va korpus

Samsung Galaxy Note10+ bilan tanishamiz: dizayn va korpus

Bo‘limlar:
1. Umumiy ma’lumot va qadoq tarkibi;
2. Dizayn va korpus;
3. Laboratoriya sinovlari;
4. Sintetik testlar va ishlashi;
5. Kamera sifati, interfeysi;
6. Muqobillar, afzallik va kamchiliklari.

Dizayn va korpus

Kutilganidek, Samsung o‘zining Galaxy Note10+ ida yuqori sifatli materiallarni ayamagan, korpus esa mukammal darajada. Har doimgidek, smartfon sifat borasida maqtana oladi. Odatdagidek, uning old va orqa tomonida qayrlima shisha o‘rnatilgan, ularni birlashtirib turish uchun esa metal hoshiyadan foydalanilgan. Gorilla Glass'ning versiyasi haqida rasmiy ma’lumot mavjud bo‘lmasa ham, qahramonimizga eng so‘nggi Gorilla Glass 6 o‘rnatilgan, deb ikkilanmasdan aytishimiz mumkin.Note 9, S10+ va Note10+ larni yonma-yon qo‘ysangiz, orqa panelda katta farq borligini ko‘rishingiz mumkin. Galaxy S10+ va Note oilasining oldingi vakillari qo‘lga biroz qattiq va "zichroq" tuyulsa, Note10+ ning orqa tomoni premium mahsulotlarniki kabi emas. Buni tushuntirish qiyin va mantiqsiz, sababi Note10+ yuqoridagi har ikki smartfondan ko‘ra kattaroq hajmli akkumulyatorga ega va ayni damda hajman ingichkaroq, shuning uchun, nazariy jihatdan, u zichroq bo‘lishi kerak edi.

Smartfon to‘rtta asosiy va Aura Glow deb nomlangan ranglarda ishlab chiqariladi. Aura Glow'ni sodda qilib tushuntirsak, xuddi CD diskning orqa tomoniga o‘xshaydi. Bu har kimga yoqsa kerak; rangning jilolanib, o‘zgarib turishi, ayniqsa, ko‘zga tashlanadi. Bu rangning yana Aura White, Aura Black va Aura Blue ichki talqinlari ham bor. Lekin shisha-sendvich dizayni sabab, Note10+ qo‘ldan sirpanib ketaveradi.Samsung bu kamchilikni yaxshiroq ergonimka bilan to‘g‘rilashga uringan. Har ikki shisha panel ham yetarlicha darajada qayrilgan bo‘lsa, yon tomon hoshiyasi o‘ta ingichka bo‘lib qolgan. U shunchalik ingichkaligidan dizaynerlar quvvat va ovoz boshqaruvi tugmalari o‘rnatilgan qismda uni sal qalinroq qilishiga to‘g‘ri kelgan. Qurilmaning dizayni, albatta, har kimga birdek yoqmaydi, sababi smartfon anchayin katta. OnePlus 7 Pro va Galaxy Note9 kabi telefonlarning hoshiyasi qalinroq bo‘lgani uchun ularni ishlatish osonroq, sirpanib qo‘ldan tushib ketishi haqida xavotirlanmasa ham bo‘ladi.
Qahramonimizning yana bir e’tiborli jihati uning vaznidir. 6.8 dyuymli, 4 300 mA/soat akkumulyatorli qurilma uchun Galaxy Note10+ anchayin yengil bo‘lib, vazn korpus bo‘ylab teng taqsimlangan. Samsung'ning flagmani 196 gramm bo‘lsa, OnePlus 7 Pro naq 206 gramm tosh bosadi. Noma’lum sabablarga ko‘ra, ikkala gadjetning vazni o‘rtasida sezilarli farq bor.
Lekin tan olish kerak, Note10+ ni bitta qo‘lda boshqarish oson emas, bu borada displeyning o‘ta uzun 19:9 nisbati ham ish bermaydi. Displeyning eng yuqori qismini chertish uchun qo‘shimcha harakat talab qilinsa, quyi qismdagi ingichka rom (chiroyli ko‘rinsa-da), ishorali harakatlarni amalga oshirishni yanada qiyinlashtiradi. Qisqacha qilib aytgamda, barmog‘ingizni ko‘p haraktlantirishingizga to‘g‘ri keladi. Lekin baribir old panel deyarli to‘liqligicha ekran bilan qoplangani chiroyli ko‘rinishini rad etib bo‘lmaydi.
Mana tirqish kameraga ham navbat yetib keldi. Note10+ ning selfi kamerasi S10 seriyasidagidan ko‘ra kichikroq. Yuqorigi hoshiya va kamera o‘rtasida kichik joy bor, biroq u yerga ikonkalar yoki interaktiv UI elementlarini sig‘dirib bo‘lmaydi.

S10'larning kamerasidan farqli Note10+ ning selfi kamerasi yon tomonidagi ikonkalarga halal bermaydi. Tirqish qanchalik chiroyli yoki xunuk ko‘rinishi hamda undan umumiy foydalana olish imkoniyatlari haqida tavsifimizning Tizim bo‘limida to‘xtalib o‘tamiz.

Tirqishni hisobga olmaganda, ekranga gap yo‘q. Hoshiyalar deyarli yo‘qdek go‘yo. Pastki tomon hoshiyasi, ayniqsa, o‘ta ingichka bo‘lib, hozirgi smartfonlarning hech qaysisida bunchalik ingichka bo‘lmasa kerak. iPhone XS Max'ning ham pastki hoshiyasi o‘ta ingichka, lekin Note10+ dan undan ham ingichkaroq (taxminan, 1 mm ingichka). Yuqori tomon hoshiyasiga esa karnay va odatiy yaqinlik datchigi joylangan. Atrof yorug‘ligi datchigi esa ekran ostiga ko‘chgan.

Orqa panel shishasi old tomonniki bilan shakl va qayrilishi jihatidan bir xil. Yon tomondan qaralganda ajoyib simmetriyani ko‘rish mumkin. Ammo qurilmaning sirpanchiq bo‘lib qolganiga ham aynan mana shu orqa panel sababchi ekanligini yoki barmoq izi panel yuzasida dog‘ qoldirishini aytmasak, tavsifimiz xolis bo‘lmaydi. Endi kameraga e’tibor qarataylik. Kamera modulini 7.9 millimetrlik korpusga unchalik ham bo‘rttirib chiqarmasdan joylagani uchun Samsung'ga tasanno aytsa bo‘ladi.

Quyi tomonga nazar tashlasak. USB-C konnektori va S-Pen uyasi o‘rtasida karnay joylashgan. Asosiy mikrofon ham shu yerda joylashgan. Shovqinni kamaytiruvchi ikkinchi mikrofon esa yuqorida joylashgan — microSd va SIM karta uyasiga qo‘shni.Hozirda mavjud aksariyat smartfonlardan farqli o‘laroq, Note10+ ning o‘ng tomonida hech qanday tugmacha, umuman, hech narsa yo‘q. Chap tomonda esa quvvat va ovoz nazorati tugmalari joylangan. Bu yechim o‘ziga xos bo‘lishi mumkin, lekin ideal emas.

Note 8/Note 9'lardan farqli ravishda Note10+ da Bixby tugmasi o‘rnida quvvat tugmasi joylashgan. Lekin bu muammo emas. To‘g‘ri, barcha tugmalarning chap tomondaligi chapaqaylar uchun qulay bo‘lishi mumkin, lekin smartfondan o‘ng qo‘lda foydalanuvchilar ko‘rsatkich yoki o‘rtancha barmoqdan foydalanishiga to‘g‘ri keladi. Bu ham yetmagandek, tugmalar joylashuvi sabab skrinshot olish ham boshog‘rig‘i bo‘ladi.

Va nihoyat, S-Pen haqida ikki og‘iz so‘z. Bir marta bossangiz, ruchka uyasidan chiqadi. S-Pen juda ingichka qilib ishlangan bo‘lib, Aura Glow rangdagi smartfonniki ayniqsa chiroyli ko‘rinadi. Bu oldingi S-Pen'lardan boshqacharoq; yaxshi yoki yomon emas, shunchaki boshqacha.Umumiy qilib aytganda, Galaxy Note10+ da, albatta, biroz kamchiliklar bor. Bu kamchiliklar qatoriga quvvat tugmasini yoki sirpanchiq orqa panelni misol qilib keltirishimiz mumkin.

Bu kichik kamchiliklarni inobatga olmaganda, Note10+ ni mukammal dizaynli qurilma deb atash mumkin. Unda IP68 ham bor bo‘lib, oldingi Note'lar va kerak bo‘lsa, raqiblaridan ham anchayin takomillashgan.

Keyingi bo‘lim: Laboratoriya sinovlari

Xulosa

8.8балл

Дизайн

Аккумулятор

Процессор

Нархи

Камера

Qaerdan sotib olish mumkin?

Terashop.uz (Note10) UZS 9 480 000.00 Sotib olish

 Afzalligi

  • Катта экран
  • Тезкор қувватлаш технологияси
  • Ўзига хос S Pen

 Kamchiligi

  • Жонли видеода боке эффекти яхши эмас
  • Камера бозордаги энг яхшиси эмас
  • Ўта қиммат