Samsung Galaxy R turkumidagi ilk smartfon qachon taqdim qilinadi?

Samsung Galaxy R turkumidagi ilk smartfon qachon taqdim qilinadi?

Samsung kompaniyasi o‘rta narxli smartfonlar turkumiga mansub Galaxy A90 smartfonini chiqarayotgani haqida xabar bergan edik. Taniqli insayder OnLeaks o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozishicha, ushbu smartfon Samsung’ning butunlay yangi lineykasi – Galaxy R doirasida chiqrilishi mumkin.

O‘QING: G‘ayrioddiy kamerali Galaxy A90 ilk videorolikda: u kutilganidan boshqacharoq ekan!

Samsung готовит новую линейку смартфонов Galaxy R, одна из двух моделей серии будет поддерживать 5G

 

Aytilishicha, Galaxy R seriyasida dastlab ikkita yangi smartfon taqdim qilinishi kutilmoqda. Ularda xos jihat, birinchisida kamera, ikkinchisida esa 5G tarmog‘i mavjudligi bo‘ladi. Boshqa hech narsa ma’lum qilinmagan, ammo, gap-so‘zlarga qaraganda Galaxy A90 smartfoni 5G modemi, 45 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasi hamda 32 MPlik kameraga ega bo‘ladi. Agar shunday bo‘lsa, unda ikkinchi smartfon katta ehtimol bilan Samsung’da allaqachon mavjud bo‘lgan – 64 MPlik kamera bilan jihozlanadi. 

Ayni damda, yangi lineykaning qachon taqdim qilinishi noma’lum. Allaqachon global savdoga chiqqan ayrim Samsung telefonlarini esa atigi 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Smartfonni endi 13 daqiqadayoq 100 foizga quvvatlash mumkin bo‘ladi! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!