Samsung Galaxy S smartfonlari: eng yomonidan eng yaxshisigacha

Samsung Galaxy S smartfonlari: eng yomonidan eng yaxshisigacha

Samsung'ning Galaxy S seriyasi 2010 yil 4 iyun sanasida ilk bora taqdim qilingan. Ko‘pchilik «Android» so‘zini eshitganda aynan mana shu lineyka qurilmalarini ko‘z oldiga keltiradi.

O‘QING: Avlodlar silsilasi: Galaxy S'dan Galaxy S10'gacha

Biroq hamma smartfon ham bir xil darajada yaxshi yoki yomon bo‘lmaydi. Galaxy S seriyasining o‘n bir yilligi sharafiga har bir avlod Galaxy S flagmanlarining eng yomonidan eng yaxshisigacha bo‘lgan ro‘yxatini tuzishga qaror qildik.

Biz smartfonlar muxlislar tomonidan qanday qabul qilingani, ularning tijoriy muvaffaqiyati qanday bo‘lgani hamda har bir modelning o‘ziga xos ahamiyati o‘rtasidagi muvozanatni topishga harakat qildik, qurilmalarning texnik xususiyatlarini inobatga oldik. Ushbu ro‘yxatda faqatgina asosiy modellar ro‘yxati keltirilgan va Galaxy S20 FE yoki Galaxy S4 Zoom kabi keyinchalik chiqarilgan ikkilamchi modellar inobatga olinmagan.

Quyidagi ro‘yxat va uning tarkibi borasida fikr va qarashlar turlicha bo‘lishi turgan gap va bu ushbu ro‘yxatning aktualligini yanada oshiradi! Yana bir jihatga e’tibor qaratish lozim: quyida sanab o‘tilgan smartfonlar butun dunyo hozirgacha ko‘rgan eng yaxshi aqlli telefonlardir. Shu boisdan ham eng yaxshilar orasida eng yomoni bo‘lish ham maqtovga arzigulik. Qani, ketdik!

12. Samsung Galaxy S6

2015 yilgi Galaxy S6 bir necha sabablarga ko‘ra muhim qurilma bo‘lgan. Ushbu modeldan boshlab Galaxy S seriyasi xuddi iPhone'lar kabi shisha panelli dizaynga o‘tgan. Shu bilan birga, S6'dan boshlab Samsung Galaxy Smartfonlari narxi iPhone'larnikiga deyarli tenglashtirilgan. Bunga qadar Galaxy'lar Apple smartfonlariga nisbatan anchayin arzon bo‘lgan. Shunday bo‘lishiga qaramay, Galaxy S6 bizning ro‘yxatda eng so‘nggi o‘rinni egalladi, sababi yangicha dizaynga erishish uchun Galaxy S5'dagi ko‘plab xususiyatlardan voz kechilgan. Masalan, IP darajasi bo‘lmagan, akkumulyator korpusdan ajralmas edi, microSD karta qo‘llab-quvvatlanmagan hamda akkumulyator sig‘imi anchayin kichik bo‘lgan.

Afzalliklari:
• Premium dizayn;
• O‘sha payt uchun Exynos 7420 chipesti ancha kuchli sanalgan;
• Barmoq izi skaneri unchalik ham yomon emasdi;
• Mahalliy simsiz quvvat olish (maxsus zaryadlash qutisi talab qilinmagan).

Kamchiliklari:
• IP darajasi yo‘q.

11. Samsung Galaxy S

Barchasining debochasi bo‘lmish Samsung Galaxy S (yoxud Galaxy S1) ning texnik jihatlari bugungi kun standartlariga ko‘ra kulgili tuyulishi mumkin. 1GHz chastotaga ega bir yadroli chipset, 512MB tezkor xotira, 480x800 aniqlikdagi 4 dyuymli ekran shular jumlasidan. Biroq bularning bari Android'ning boshlang‘ich davri uchun juda ham kuchli texnik jihatlar bo‘lgan. Smartfonning katta kamchiliklari qatoriga xunuk dizayn, haddan tashqari rang-barang dasturiy ta’minot va kamera chirog‘ining yo‘qligi kirgan.

Afzalliklari:
• Chrome hali smartfonlar uchun mavjud bo‘lmagan paytlarda qoyilmaqom brauzer;
• O‘sha davr uchun eng yaxshi yadro.

Kamchiliklari:
• Akkumulyatorning ishlash muddati maqtarli darajada emasdi;
• Dizayn xunuk bo‘lgan.

10. Samsung Galaxy S2

Ilk Android smartfonlardan bo‘lgan va yaxshi sayqalga ega bo‘lmagan Galaxy S1'dan bir yil o‘tib hozirgacha mavjud bo‘lgan eng yaxshi Android smartfonlardan biri — Galaxy S2 olam yuzini ko‘rdi. Galaxy S2 mustahkam dizayn, korpusdan ajraluvchi akkumulyator, OLED ekran va qurilmaning tez ishlashini ta’minlovchi texnik jihatlarga ega bo‘lgan. Garchand ikkinchi avlod Galaxy S smartfoni Samsung'ning Android olamidagi katta muvaffaqiyati bo‘lgan bo‘lsa-da, qurilmaning ro‘yxatda yuqori o‘rinlardan birini egallamaganligiga sabab shuki, Samsung AQSh va uning mobil operator hamkorlari smartfonning o‘ta ko‘p versiyasi (Samsung Galaxy S2 Epic 4G Touch) ni yaratganki, sof Galaxy S2 (GT-I9100) ni topish somon ichidan ignani qidirishdek gap edi.

Afzalliklari:
• Orqa kamera iPhone'lar bilan raqobatlasha olgan;
• VGA yoki 1.3MP norma bo‘lgan o‘sha paytlarda, 2MP selfi kamera;
• OLED ekran anchayin chiroyli edi.

Kamchiliklari:
• Akkumulyatorning ishlash muddati o‘rtacha bo‘lgan;
• Variantlarning haddan tashqari ko‘pligi bozorda chalkashliklarni keltirib chiqargan.

9. Samsung Galaxy S4

Galaxy S4 nafaqat Samsung'ning eng ommabop Galaxy S qurilmasi bo‘lgan, balkim hozirga qadar eng ko‘p sotilgan Android smartfon hamdir. Vaholanki, Galaxy S4 bilan Samsung tub, biroq ko‘pchilikka yoqmagan o‘zgarishni amalga oshirgan. Eng katta kamchilik TouchWiz interfeysi bo‘lgan. Samsung bu bilan interfeys tarkibiga million xil keraksiz elementlarni qo‘shib qo‘ygan. Boshni harakatlantirish orqali ekranni tepaga-pastga surishning kimga keragi bor? Yoki kimdir oltita smartfon bilan 5.1 kanalli atrof ovoz tizimidan hech bir foydalanganmi?

Afzalliklari:
• Korpusdan ajraluvchi akkumulyator va microSD karta sloti;
• Kunduz payti olingan tasvirlar sifati yaxshi;
• A’lo darajadagi displey.

Kamchiliklari:
• Haddan tashqari ko‘p funksiyalarga ega interfeys;
• Dizayn borasida Galaxy S3.1'ni eslatadi;
• Past yorug‘likda olingan tasvirlar sifati HTC One'nikidan past bo‘lgan.

8. Samsung Galaxy S20

Aftidan, Galaxy S20 seriyasi smartfonlarining har ikkita yaxshi jihatiga bitta kamchilik bor. Umuman olib qaraganda, ko‘plab xususiyatlar, masalan, qoyilmaqom gibrid zum (Ultra'da esa periskop zum), chiroyli 120Hz OLED ekran, 5G, akkumulyatorning yaxshi darajada ishlash muddati va 8K video yozuv kabilar bor. Ammo smartfon uchun 1,000 dan tortib 1,400 dollargacha bo‘lgan boyligingizdan kechishingizga to‘g‘ri keladi. 100x Space Zoom kamchiliklarga ega va S20 yoki S20 Plus'da telefoto kamera yo‘q. Galaxy S20'lar, shuningdek, Samsung audio jekdan mahrum qilgan ilk Galaxy S modellari hamdir. Shunday bo‘lsa-da, smartfonlar 2020 yilning eng yaxshi premium smartfonlari qatoridan o‘rin egallagan va Samsung'ning davomli smartfon sulolasining e’tiborga loyiq vakillaridan.

Afzalliklari:
• O‘z toifasi smartfonlari orasida eng yetakchi ekran;
• 8K video yozuv va ulardan 33MP kadrlarni ajratib olish imkoniyati;
• 120Hz yangilanish chastotasi;
• Ko‘p funksiyali kameralar;
• Akkumulyatorning ishlash muddati yaxshi.

Kamchiliklari:
• Haddan tashqari qimmat narx;
• Snapdragon va Exynos variantlar unumdorligi o‘rtasida katta farq;
• Zum imkoniyatlari bo‘rttirib ko‘rsatilgan;
• 3.5 mm audio jek yo‘q;
• Galaxy S20e modeli mavjud emas.

7. Samsung Galaxy S21

Samsung'ning 2021 yilgi flagmanlari Galaxy S20 seriyasidagi anchayin kamchiliklarni bartaraf etgan, biroq bir necha xatoliklarga ham yo‘l qo‘yilgan. Galaxy S21 modellari Galaxy S20'larga qaraganda 200 dollar arzonroq boshlang‘ich narxga ega bo‘lib, bazaviy S21 800 dollar, S21 Ultra esa 1,200 dollar narxga ega. Ultra modeli bu yerda maqtashga arzirli. U zumga ixtisoslashgan ikkita kamera (3x va 10x), S Pen qo‘llab-quvvatlanishiga ega hamda asosiy kamerasi S20 Ultra'dagidan farqli o‘laroq avtofokus muammosiga ega emas. Ammo ushbu seriyaning bir necha kamchiliklari ham yo‘q emas: S21'ga plastik orqa panel o‘rnatilgan hamda S21 va S21 Plus'lar QHD+ displeyga ega emas. Uchala model qadog‘i tarkibidan quvvatlagich olib tashlangan, microSD karta sloti yo‘q va ultra tezkor quvvatlanish imkoniyati mavjud emas. Shunday bo‘lsa-da, narxlarning pasaygani va Ultra modelining anchayin takomillashgani sabab qurilmalar anchayin yaxshi sotildi.

Afzalliklari:
• Yuqori yangilanish chastotasiga ega yaxshi ekran;
• Tasvir/Video sifati a’lo darajada;
• S20 modellaridan ko‘ra arzon;
• S21 Ultra S Pen'ni qo‘llab-quvvatlaydi.

Kamchiliklari:
• microSD karta sloti yo‘q;
• S21 va S21+ QHD+ ekranga ega emas;
• Quvvatlagich tekin berilmaydi;
• Galaxy S21 plastik panelga ega;
• S21 va S21+ larning kamera, quvvatlash va akkumulyatori oldingi avlod qurilmalarinikidan uncha o‘zgarmagan.

6. Samsung Galaxy S9

Galaxy S9'ni, aslida, Galaxy S8.1 deyish mumkin. Galaxy S8 esa Galaxy S7 bilan o‘xshash. Qurilmaning shisha dizayni S8'niki bilan bir xil edi, ichki jihatlar ham deyarli o‘zgarmagan. Galaxy S seriyasi birinchi marta ikkita kameraga ega bo‘lgan biroq bu faqat Galaxy S9 Plus'ga joriy qilingan. Qolgan apgreydlar qatoriga 960 kadr/sek. slou-moshn video yozish, qo‘sh-diafragmali asosiy kameralar va to‘ldirilgan reallik emojilari kiradi.

Afzalliklari:
• Super slou-moshn imkoniyati;
• Barmoq izi skaneri qulay joyda joylashgan;
• 3.5 mm audio jek, IP68 va simsiz quvvatlash.

Kamchiliklari:
• Standart Galaxy S9'da faqat bitta kamera bo‘lgan, tezkor xotira hajmi kam edi;
• Dizayni S8'niki bilan o‘xshash;
• Akkumulyator hajmi S8'nikidan o‘zgarmagan;
• Qo‘sh-diafragma funksiyasi qiziq bo‘lgan, lekin uzoq yashamadi.

O‘QING: Haqiqiy Samsung fanati bo‘lish sizga qanchaga tushadi?

5. Samsung Galaxy S8

Samsung Galaxy S8 Bluetooth 5.0 ga ega ilk Galaxy edi. 2017 yilgi aksar smartfonlar 18:9 yoki undan yuqoriroq forma faktorli edi. Galaxy S8 oilasi ham bundan mustasno emas edi. Qurilmalar anchayin chiroyli OLED ekran bilan jihozlangan. Samsung'ning 2017 yilgi dastlabki flagmanlarida bir qator xususiyatlari, jumladan, DeX, Bixby ovozli yordamchisi, keraksiz Bixby tugmasi va ko‘zning rangdor pardasi skaneri kabilar debyut qilingan. Ammo orqa paneldagi barmoq izi skaneri borasida bunday deb bo‘lmaydi — skanerni kameraning yoniga joylashtirish g‘oyasini kim o‘ylab topgan o‘zi? Lekin Note 7'larning portlay boshlaganidan bir necha hafta o‘tganidan so‘ng Galaxy S8 smartfoni Samsung hali ham sanoat yetakchisi ekanligini isbotladi.

Afzalliklari:
• Bir necha kadrli tasvirni qayta ishlash funksiyasi sabab takomillashgan tasir sifati;
• Moddiy tugma o‘rniga 3D Touch uy ekrani oynasi joriy qilingani yoqimli o‘zgarish bo‘lgan.

Kamchiliklari:
• Boshqa raqobatchilar bir yildan beri qo‘shkamerali telefonlar chiqarayotgan ayni damda qo‘shkameraning mavjud emasligi;
• Avvaliga Bixby tugmasi funksiyasini o‘zgartirish mumkin bo‘lmagan;
• Barmoq izi skaneri joylashuvi noqulay edi;
• Akkumulyatorning ishlash muddati o‘rtacha bo‘lgan.

4. Samsung Galaxy S3

Galaxy S/Galaxy S1 yangi seriyani boshlab bergan, Galaxy S2 esa Samsung'ning kamerasi Apple bilan raqobatlasha olishini ko‘rsatgan bo‘lsa, Galaxy S3 kompaniyaning yangicha flagmanlari cho‘qqisi edi. Galaxy S3 nafis plastikli dizayn, qayta ishlangan va tabiatdan ilhomlangan TouchWiz UI interesi, bir necha yoqimli funksiyalar (masalan, ekranni yoniq ushlab turish uchun Smart Stay, qalqib turuvchi video pleyer) va qurilmaning tezkor ishlashini ta’minlovchi apparat ta’minotiga ega bo‘lgan. Bularning barchasini birlashtirganda, ham sifat borasida, ham sotuvlar borasida iPhone qotili bo‘lgan ilk Galaxy Smartfoni hosil bo‘ladi.

Afzalliklari:
• Kuchli apparat ta’minoti;
• Korpusdan ajraluvchi akkumulyator va microSD karta qo‘llab-quvvatlanishi;
• Yuqori sifatli kamera;
• Bir qator foydali funksiyalar.

Kamchiliklari:
• TouchWiz UX boshqa Android interfeyslarchalik ravon ishlamagan;
• Plastik korpus metall yoki shishadek premium emasdi.

3. Samsung Galaxy S10

2019 yilgi Galaxy S10 oilasida har qanday mijoz uchun mo‘ljallangan taklif topilgan. Arzonroq Galaxy S10e'dan tortib, barcha yuqori darajadagi funksiyalarga ega Galaxy S10 Plus yoki yanada zamonaviyroq 5G modelgacha istalgan cho‘ntak va did uchun muqobil bor edi. Kompaniyaning ushbu «har kim uchun nimadir» yo‘sinidagi yondashuvi sabab tarixdagi eng yaxshi Galaxy flagmanlari olam yuzini ko‘rgan. Ushbu lineykadan boshlab Samsung birinchi marta seriyaning barcha smartfonlariga birdan ortiq kamera o‘rnatishni boshlagan. Bunga qadar LG, Huawei va Xiaomi kabi kompaniyalar bir necha yillardan beri ushbu amaliyotni joriy qilib kelayotgan edi. Nafis kemtik kamerali dizayn, One UI interfeysining taqdimoti, go‘zal OLED ekran va boshqalar smartfonlarning e’tiborli jihatlardan edi.

Afzalliklari:
• Barcha modellarda serqirra kameralar jamlanmasi;
• Narxi nisbatan arzon bo‘lishiga qaramay qoyilmaqom texnik xususiyatlarga ega Galaxy S10e;
• IP68 darajasi va simsiz quvvatlash.

Kamchiliklari:
• Kameralar sifati yaxshi edi, ammo zo‘r emasdi (ayniqsa, tunda);
• Ko‘plab raqobatchilarga taqqoslaganda 15 vatt quvvat olish tezligi sekin;
• Ekranosti barmoq izi skaneri yaxshi ishlamagan.

2. Samsung Galaxy S5

2014 yil smartfonlar olamida eng zo‘r yil bo‘lganmi? Agar shunday bo‘lsa, bunda Galaxy S5'ning ham o‘rni beqiyos. Ushbu smartfon bilan Samsung sanoatdagi a’lo darajadagi qurilmani taqdim etgan. Galaxy S5 asosiy Galaxy flagmanlari orasida suvdan himoyaga ega eng birinchi qurilma edi, lekin aynan damda akkumulyator korpusdan ajralar edi bo‘ldi va microSD karta qo‘llab-quvvatlangan. Galaxy S5, shuningdek, 4K video olishga qodir ilk Samsung smartfonlaridan bo‘lgan (Galaxy Note 3'dan keyin). Bundan tashqari, samrtfonning real vaqt rejimidagi HDR imkoniyati ham maqtashga arzirli jihatlardan bo‘lgan.

Afzalliklari:
• Suvdan himoya;
• Korpusdan ajraluvchi akkumulyator va microSD kqo‘llab-quvvatlanishi;
• Yuqori darajadagi tasvir sifati va real vaqt rejimida HDR.

Kamchiliklari:
• Barmoq izi skaneridan foydalanish uchun svayp qilish kerak bo‘lgan;
• Suvdan himoya uchun microSD porti uchun maxsus plastik yopkich kerak bo‘lgan.

1. Samsung Galaxy S7

Galaxy S6'ning barcha kamchiliklarini bartaraf etgan va ayni damda tarixdagi eng yaxshi Galaxy Smartfoni — bu Galaxy S7'dir. Katta sig‘imli akkumulyator kerakmi? Bor. Suvdan himoya deysizmi? Bor. microSD sloti ham kerakmi? Albatta, bor. Bundan tashqari, Galaxy S7 seriyasi 12MP kuchli asosiy kamera, (iPhone'niki bilan bir xil) 240 kadr/sek. slou-moshn va tezkor apparat ta’minotiga ega bo‘lgan. Shunday qilib, hozirgacha taqdim qilingan Galaxy S'lar orasida eng yaxshisi deb Galaxy S7 smartfonini aytish mumkin.

Afzalliklari:
• Suvdan himoya;
• Simsiz quvvatlanish;
• microSD karta sloti;
• Yuqori sifatli foto/videolar.

Kamchiliklari:
• Shisha panel barmoq izlarini o‘zida ushlab qoladi;
• Ko‘plab raqobatchilar USB-C'ga o‘tib bo‘lgan bir paytda microUSB porti.

O‘QING: Samsung haqida siz bilgan va bilmagan faktlar!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!