Samsung Galaxy S10 kameralari rasman namoyish etildi – ular 48 va 32 megapikselli!

  •   DiMaX
  •  2558
  •  31.10.2018 11:42

Samsung Galaxy S10 kameralari rasman namoyish etildi – ular 48 va 32 megapikselli!

Janubiy koreyalik texnogigant hozirda ikkita modeldagi yangi flagman ustida jiddiy ishlamoqda. Bulardan biri Galaxy S10 turkumidagi qurilmalar bo‘lsa, ikkinchisi – inqilobiy ilk buklama ekranli smartfondir.

O‘QING: Samsung inqilobiy Galaxy X buklama smartfoni uchun Infinity-V Display savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazdi!

Kompaniya o‘zining Galaxy S10 smartfonlarida qo‘llaniladigan yangi kameralarni kecha rasman namoyish etdi. Bular 48 megapikselli Isocell Bright GM1 hamda 32 megapikselli Isocell Bright GD1 rusumli optik datchiklardir. Har ikkala sensor ham flagman smartfonlarning ko‘p modulli kameralarida qo‘llashga mo‘ljallangan.

Bu ikkala kamera ham atigi 0,8 mkm kattalikdagi piksel o‘lchamiga ega. Bu esa yuqori sifatli tasvirlar olishga qodir bo‘lgan mitti datchiklar yaratish imkonini bergan. Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, piksellarning kichik o‘lchamiga qaramasdan, Isocell Plus texnologiyasi tufayli kameralar sifati yaxshi bo‘lishi ta’minlangan.

Agar bu datchiklarda kichikroq o‘lcham (GM1 uchun 12 MP, GD1 uchun MP) rejimi tanlansa, yaxshi yoritilmagan sharoitlarda ham o‘ta yuqori sifatli suratlar olish mumkin bo‘ladi. Chunki bunda to‘rtta pikseldan keladigan axborot bittasiga birlashadi. Yilning eng yaxshi kamerofoni deya tan olingan Huawei P20 Pro modelida aynan shunday texnologiya qo‘llanadi.

O‘QING: Xiaomi provokatsiyasiga Huawei javobi: «Bizdan faqat o‘zimizgina o‘zib keta olamiz!»

Shuningdek, Isocell Bright GD1 datchigi real vaqt rejimida HDR texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, u giroskop bazasida tasvirni elektron barqarorlashtirish qobiliyatiga ega.

Samsung Isocell Bright GM1 hamda Isocell Bright GD1 sensorlarining ommaviy ishlab chiqarilishi 2018 yilning o‘zidayoq boshlanadi. Zero, kompaniyaning navbatdagi avlod flagmani ham shu vaqtlarda ommaviy ishlab chiqariladi.

Ayni kungacha savdoga chiqqan turli modellardagi Samsung smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan qulay narxlarda olish imkoniyati mavjud. Bunda uyingiz yoki ofisingizdan chiqmasdan turib onlayn buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish, haqini tovar qo‘lingizga tekkanidan keyin to‘lashingiz mumkinligi kabi imkoniyatlar sizga ham ma’qul kelishadi.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Galaxy S10 ekranining hamma yeri barmoq izi skaneridan iborat!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.