S10/S10+ "Lite"mi, S10 Lite "Lite"mi?

S10/S10+

Samsung Galaxy S10 lineykasining keyingi a’zosi Galaxy S10 Lite bo‘ladi. Nomiga qaramay, qurilma anchayin kuchli smartfon bo‘ladi.Internetda model raqami SM-G770F bo‘lgan smartfon akkumulyatori tavsifi haqidagi hujjat paydo bo‘ldi. Unda aytilishicha, qurilmaning akkumulyator quvvati 4 370 mA/soatni tashkil etadi. Bu Galaxy S10 (3 400 mA/soat) va hatto Galaxy S10+ (4 100 mA/soat) lardagi akkumulyator sig‘imidan ham ko‘proq. Shunday qilib, akkumulyator borasida S10 Lite emas, S10 va S10+ lar "Lite" bo‘lib qoldi.

Avvalroq, SM-G770F allaqachon Geekbench ma’lumotlar bazasida paydo bo‘lgan edi. Ushbu model Snapdragon 855 chipi asosiga qurilgan, Android 10'da ishlaydi va 8GB tezkor xotiraga ega.

Husan Qodirov tayyorladi.

O‘QING: Samsung sir tutgan Galaxy S10 Lite hamyonbop flagmanini Geyekbench fosh etdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!