Samsung Galaxy S10 smartfonlarining Yevropadagi narxlari ma’lum qilindi!

  •   DiMaX
  •  6484
  •  22.01.2019 16:31

Samsung Galaxy S10 smartfonlarining Yevropadagi narxlari ma’lum qilindi!

Janubiy koreyalik texnogigantning o‘ninchi avlod flagman smartfonlarining taqdimotiga ham oz vaqt qoldi. Ularning texnik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar, turli surat va videolari ham tarqalmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy S10 turkumidagi uchta flagman bitta rasmiy suratda!

Italiyaning TuttoAndroid resursi esa ularning qanday ranglarda sotuvga chiqishini hamda aniq narxlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Yevropada ushbu smartfonlar quyidagicha ranglarda taklif etiladi:

  • Galaxy S10 Lite – qora, oq, sariq va yashil;
  • Galaxy S10 – qora, oq va yashil;
  • Galaxy S10+ – qora, oq, yashil va yana ikkita maxsus versiyada.

O‘QING: Galaxy S10 E (yoki S10 Lite) modelidan tashqari, yana bitta hamyonbop flagman – Galaxy S10 Mini ham bor ekan!

Mazkur flagmanlarning narxlari esa quyidagicha bo‘ladi:

  • Galaxy S10 Lite 6/128 GB – 780 yevro;
  • Galaxy S10 6/128 GB – 930 yevro;
  • Galaxy S10 8/512 GB – 1180 yevro;
  • Galaxy S10+ 6/128 GB – 1050 yevro;
  • Galaxy S10+ 8/512 GB – 1300 yevro;
  • Galaxy S10+ 12 GB / 1 TB – 1600 yevro.

Shuningdek, Samsung bulardan tashqari beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlovchi flagman ham taqdim etadi va u anchagina qimmat turadi.

O‘QING: Samsung’ning ilk 5G-smartfoni – 6 kamerali Galaxy S10 X narxi, savdoga chiqish kuni va jihatlari e’lon qilindi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.