Samsung Galaxy S10 turkumi taqdimotiga oz vaqt qoldi, marosimni onlayn tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  1491
  •  20.02.2019 20:57

Samsung Galaxy S10 turkumi taqdimotiga oz vaqt qoldi, marosimni onlayn tomosha qiling!

Bugun, ya’ni 20 fevral kuni Barselona shahridagi WMC 2019 ko‘rgazmasi doirasida Samsung o‘zining falagman turkumiga mansub Galaxy S10 smartfonlarini rasman namoyish etadi.

Taqdimot marosimi esa Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi va ushbu marosimni mana bu, mana bu yoki mana bu havolalardan biri orqali jonli ravishda tomosha qilishingiz mumkin. Marosimgacha esa biz Samsung Galaxy S10 turkumi haqida hozirgacha ma’lum bo‘lgan jihatlarni inobatga olgan holda qisqacha tarif berib o‘tamiz.

Samsung har yilgi an’anaga sodiq qolgan holda, bu yil ham o‘zining falagman smartfonlariga eng yangi va eng samarador protsessorlarni o‘rnatyapti. Samsung Galaxy S10 turkumi mintaqaga qarab ikki xil chiplarda ishlab chiqariladi: Snapdragon 855 va Exynos 9820. Bu ma’lumotlardan keyin Galaxy S10 turkumining qudratiga hech qanday shubha qolmaydi.

Ba’zi bir tasdiqlanmagan ma’lumotlarga qaraganda, S10 turkumida dunyoda birinchi bo‘lib LPDDR 5 turiga mansub tezkor xotiradan foydalaniladi. Agar bu rost bo‘lib chiqsa, Galaxy S10 smartfonlarining avtonomligi ijobiy tomonga o‘zgarishi aniq.

Samsung har doim o‘z flagmanlarining dizayniga juda katta e’tibor qaratadi. Bu yilgi Galaxy S10 turkumi ham shular jumlasidan. «Sizib chiqqan» ma’lumotlarga qaraganda, bu smartfonlar korpuslarining har ikki tomoni ham eng so‘nggi – Gorilla Glass 6 himoya shishasi bilan qoplanadi. Barmoq izi skaneri esa bevosita displeyning o‘ziga joylashtiriladi. Galaxy S10 turkumi smartfonlari ikki chekkasi qayrilgan romsiz displeyga ega bo‘lishi kutilyapti.

Voqealar rivojini biz bilan kuzatib boring. Eng tezkor mobil yangiliklar aynan Terabayt.uz saytida.

O‘QING: Eng qimmat – 12 GB «operativka»li Galaxy S10+ benchmarklarda hammani hayron qoldirdi!