Samsung Galaxy S10 turkumidagi uchta flagman bitta rasmiy suratda!

  •   DiMaX
  •  1898
  •  19.01.2019 16:12

Samsung Galaxy S10 turkumidagi uchta flagman bitta rasmiy suratda!

Janubiy koreyalik yetakchi smartfonsoz Galaxy S10 turkumidagi flagmanlarning taqdimot kunini rasman e’lon qilgan. Ularning 24 fevraldan sotuvga chiqishi ham ma’lum, ammo Terabayt.uz allaqachon ayrimlarining «jonli» videolari hamda rasmlarini chiqargan.

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Galaxy S10 Plus’ni ishlayotgan holida «jonli» tomosha qilamiz!

Galaxy S10 turkumidagi uchta smartfonning rasmini bugun mashhur insayder Evan Blass (Evan Blass) o‘zining Twitter-akkaunti orqali e’lon qilgan. Kuzatuvchilar buning rasmiy press-render ekanini aytishmoqda.

Chapdan o‘ngga: Samsung Galaxy S10 Lite, Galaxy S10, Galaxy S10+

Garchi smartfonlar shaffof g‘ilofda bo‘lsa-da, ularning dizaynidagi asosiy elementlarni ko‘rish mumkin. Jumladan, Galaxy S10 Lite qo‘shaloq asosiy kameraga ega bo‘lsa, qolgan ikki modelda uch modulli bosh kamera mavjud. Shuningdek, selfi-kamera uchun ekrandagi «tirqish»lar borasida: Galaxy S10+ modelida ikkita ob’yektiv uchun kengroq «tuynuk» ochilgan, qolgan ikkitasida esa – doirasimon.

O‘QING: Galaxy S10 E (yoki S10 Lite) modelidan tashqari, yana bitta hamyonbop flagman – Galaxy S10 Mini ham bor ekan!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!