Samsung Galaxy S20 FE'ning to‘liq texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Samsung Galaxy S20 FE'ning to‘liq texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Samsung'ning yaqinda taqdim qilgan Galaxy S20 FE (Fan Edition) smartfoni nomidan haqiqiy muxlislar uchun chiqarilgani anglashiladi. S20 oilasining yangi vakili texnik jihatlarida arzonroq narxga mos o‘zgarishlar kuzatiladi. Biroq kompaniya S seriyasining asosiy o‘ziga xos xususiyatlarini saqlab qolishga harakat qilgan.

Bunday jihatlardan biri yuqori toifa chipidir. Ammo hududga qarab, ba’zi modelarga Snapdragon 865, boshqalariga esa Exynos 990 chipi qo‘yilganini maqtab bo‘lmaydi.

Quyida sizga ma’lumot bermoqchi bo‘lgan modelimiz Snapdragon 865 chipida ishlovchi S20 FE 5G modeli hisoblanadi.

Ekran kattaligi borasida S20 va S20+ o‘rtasida bo‘lgan Fan Edition 6.5 dyuymlik Super AMOLED ekranga ega. Afsuski, displey HDR10+ ni qo‘llab-quvvatlamaydi. Ammo yangilanish chastotasi 120Hz'ni tashkil qiladi.

Uch kamerali modul tarkibiga 12MP asosiy, 12MP ultrakeng va 8MP telefoto kameralar kiritilgan. Selfi kamera esa 32MP rezolyusiyaga ega.

Keling, quyida Samsung Galaxy S20 FE 5G smartfonining to‘liq texnik jihatlari bilan tanishib chiqsak.

Samsung Galaxy S20 FE 5G'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 159.8x74.5x8.4 mm, 190g; old panel shishadan, orqa panel plastikdan, romlar esa alyuminiydan ishlangan; Samsung Pay (Visa, MasterCard), IP68 chang/suvdan himoya (30 daqiqa, 1.5 m chuqurlikkacha); Ranglar: Cloud Lavender, Cloud Mint, Cloud Navy, Cloud White, Cloud Red, Cloud Orange.

> Displey: 6.5" Super AMOLED, 1080x2400 piksel rezolyusiya, 20:9 tomonlar nisbati, 407 piksel/dyuym zichlik; 120Hz yangilanish chastotasi.

> Chip: Qualcomm SM8250 Snapdragon 865 (7 nm+): sakkiz yadro (1x2.84 GHz Kryo 585 & 3x2.42 GHz Kryo 585 & 4x1.8 GHz Kryo 585); Adreno 650.

> Xotira: 128GB/6GB, 128GB/8GB, 256GB/8GB; microSDXC.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 10, One UI 2.5.

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 12 MP, f/1.8, 26 mm, 1/1.76", 1.8µm, qo‘sh-piksel PDAF, OIS; •Telefoto: 8 MP, f/2.4, 73 mm, 1/4.5", 1.0µm, PDAF, OIS, 3x optik zum; •Ultrakeng: 12 MP, f/2.2, 123˚, 13 mm, 1/3.0", 1.12µm; LED chiroq, avto-HDR, panorama.

> Old kamera: 32 MP, f/2.2, 26 mm (keng), 1/2.74", 0.8µm; HDR.

> Video yozuv: •Orqa kamera: 4K, 1080p, giro-EIS; •Old kamera: 4K, 1080p.

> Akkumulyator: 4,500 mAs; 25 Vt tezkor quvvatlash, 15 Vt tezkor simsiz quvvatlash, 4.5 Vt teskari quvvatlash, USB Power Delivery 3.0.

> Boshqa: ekranosti optik barmoq izi skaneri, akselometr, giroskop, yaqinlik datchigi, kompass, barometr, NFC, stereo karnaylar.

S20 FE'ning bir qator kamchiliklari borligini ham ta’kidlab o‘tish joiz. Masalan, smartfonga qo‘yilgan ekran shishasi haqida aniq ma’lumot berilmagan. Boshqa S20'larga esa Gorilla Glass 6 shishasi qo‘yilgan. Fan Eidition’ning tezkor xotirasi eng yuqori konfiguratsiyada 8GB (bazaviy versiyada esa 6GB). Vaholanki, yil boshida taqdim qilingan S20'larda operativ xotira sig‘imi 8GBdan boshlanadi va maksimal konfiguratsiya 12GBga teng.

Fan Edition'ning yana bir e’tiborli jihati shundaki, smartfonga Galaxy S va Note seriyalaridagi kabi ultra tovushli emas, balki optik barmoq izi skaneri qo‘yilgan.

Qadoq tarkibi

S20 FE qalin, oq rangli, karton qutida sotildi. Qadoq ichida esa smartfondan tashqari faqat zaryadchik-adapter va kabel bor. Bu zarydachik eskicha Adaptive Fast Charging turdagi mahsulot hisoblanadi. Qiyos uchun, avvalgi S20'larda 25 vattlik quvvatlagich va quloqchin ham bor edi.

O‘QING: Eng antiqa anboksing: Suv tubida Galaxy S20 FE qadog‘ini ochib, o‘zini ishlatib ko‘rsatishdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!