Samsung Galaxy S20 qachondan sotuvga chiqadi?

Samsung Galaxy S20 qachondan sotuvga chiqadi?

Ma’lumki, 11-fevral kuni Samsung har yilgi Unpacked tadbirini o‘tkazadi, unda Galaxy S20 oilasining flagmanlari va Galaxy Z Flip raskladushkasi namoyish etiladi.

“Yigirmalik“ning xususiyatlari haqida ko‘p narsa allaqachon ma’lum va hatto qurilmalar uchun qo‘yilgan narxlar ham ma’lum bo‘lib ulgurdi. Endi foydalanuvchilarning smartfonlarga qachon ega bo‘lishlari mumkinligini aniqlash qolmoqda.

Aftidan, Samsung yangi mahsulotlarining do‘konlarda paydo bo‘lishiga shoshilmoqchi emas. Frandroid nashrining xabar berishicha, Fransiyada Galaxy S20 seriyali qurilmalar sotuvi 13-martdan, ya’ni rasmiy taqdimotidan bir oy o‘tib start oladi. Janubiy Koreya giganti uchun Fransiya muhim bozor ekanligini hisobga olib, boshqa Yevropa mamlakatlarida ham flagmanlar sotuvi aynan shu vaqtda boshlanadi, deb taxmin qilish mumkin. AQSh va Janubiy Koreyaning o‘ziga kelsak, bu mamlakatlarda flagmanlar sotuvi Yevropaga qaraganda bir necha kun oldinroq boshlanadi.

Sotuv startining kechikishi anchagina sezilarli. Taqqoslash uchun, Galaxy S10 va Galaxy Note10 rasmiy premeradan 16 kun o‘tib, Galaxy S9 va Galaxy S9+ esa 20 kun o‘tib do‘kon javonlarida paydo bo‘lgandi.

Albatta, aslida hamma narsa boshqacha bo‘lishi mumkin, chunki bu ma’lumotlar norasmiy. Samsung Galaxy S20 lineykasi sotuvini tezlashtirib yuborishi ham mumkin. Uch hafta ichida Samsung'ning yangi flagmanlarini qachon sotib olish mumkinligini aniq bilib olamiz.

O‘QING: Galaxy S20 Ultra’ning yana ikkita ilg‘or jihati ma’lum bo‘ldi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!