Samsung Galaxy S20, S20+, va S20 Ultra'larning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

Samsung Galaxy S20, S20+, va S20 Ultra'larning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

Samsung o‘zining flagman toifadagi Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra smartfonlari (shuningdek, Galaxy Z Flip'ni) 11-fevral kuni taqdim etishi kutilayotgan ayni damda ushbu oila haqidagi ma’lumotlar yomg‘iri jala bo‘lib yog‘moqda.

Va mana bugun ushbu qurilmalarning barcha texnik jihatlari sizdirildi. E’tibor bering, bu yerda keltirilgan ma’lumotlarning barchasi devayslarning, asosan, Yevropa bozori uchun mo‘ljallangan 5G versiyasiga tegishli.

Galaxy S20

Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turganidek, Galaxy S20 modeliga 6.2 dyuymli 1440x3200 Infinity-O Dinamik AMOLED ekran o‘rnatilib, displey forma faktori 20:9 ga teng bo‘ladi. Yuqori tomon markazida joylashgan aylana tirqish kamera ichida esa 4K formatda soniyasiga 60 kadr olish imkoniga ega 10 megapikselli linza qo‘yiladi. Displeyning yangilanish chastotasi esa 120Hz bo‘ladi.

Smartfon Samsung'ning 7 nanometrli Exynos 990 chipida ishlab, 128GB ichki xotiraga ega bo‘ladi. microSD karta uyasi mavjud. Jadvalda qurilmaning operativ xotira hajmi ko‘rsatilmagan, biroq mish-mishlarga qaraganda, Galaxy SS0 oilasining barchasida standart 12GB RAM bo‘ladi.

Orqa tomonda uchta: 12MP keng burchakli, 3x optik (30x gacha raqamli) zum imkoniga ega 64MP telefoto hamda 12MP ultrakeng burchakli kamera bo‘ladi. Video yozish 8K@30fps gacha qo‘llab-quvvatlanadi.

4 000 mA/soatli akkumulyatorga ega qurilmada AKG'ning Dolby Atoms stereo karnaylari, suv va changga chidamlilikning IP68 darajasi mavjud. O‘lchamlari esa 152x68x7.9 mm bo‘lib, og‘iriligi 164 grammni taahkil etadi.

Galaxy S20+

Ushbu gadjet ham S20 bilan deyarli bir xil, faqat kattaroq va ToF 3D kamerasi bor. 6.7" ekranning rezolyusiyasi, yangilanish chastotasi va dizayni S20'niki bilan bir xil. Akkumulyator sig‘imi esa 4 500 mA/soat. O‘lchamlari: 162x74x7.8 mm, vazni: 188 g.

Galaxy S20 Ultra

Bu smartfon borasida ham hammasi bir xil. Gadjet oilaning eng katta vakili bo‘lib, 6.9" ekrani bilan ajralib turadi. Displeyning texnik jihatlari yuqoridagi kabi.

108 megapikselli asosiy kameraga 48MP telefoto, 12MP ultrakeng va ToF 3D linzalar sherik qilingan. Qurilma 10x optik zum hosil qilish imkoniga ega, bu 100x raqamli zumga teng bo‘ladi. Qurilmaning o‘lchamlari 167x76x8.8 mm bo‘lib, vazni 221 (!) grammga teng. Uchala smartfonning boshqa jihatlari esa bir xil.

O‘QING: Samsung'chilar bormi? (2020 yil 3 son)