Samsung Galaxy S20 Ultra bilan rang-baranglikni his eting

Samsung Galaxy S20 Ultra bilan rang-baranglikni his eting

Mobil sanoatdagi eng muhim yangiliklarni ulashuvchi Ice Universe nomli mashhur tarmoq informatori bu safar turli xil fondagi Samsung Galaxy S20 Ultra flagman smartfonining bir nechta rasmlarini e’lon qildi.Rasmlar turli xil fondagi Samsung Galaxy S20 Ultra'ning old qismini namoyish etadi. Rasmiy renderlarning xabarlariga ko‘ra, smartfonning old tomoni xuddi shunday ko‘rinishga ega.Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, S20 Ultra 6,9 dyuymli Dynamic AMOLED displeyli Infinity-O ekran va asosiy sensori 108 megapikselli va 100x gibrid kattalashtirilgan kamera bilan jihozlanadi.108 megapikselli asosiy tasvir sensoridan tashqari, Samsung Galaxy S20 Ultra yana bir konstruktiv xususiyatga ega bo‘ladi. Smartfon korpusi zanglamaydigan metaldan tayyorlanadi.Samsung Galaxy S20 taqdimoti 11-fevralda o‘tkazilishi kutilmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy S20 qachondan sotuvga chiqadi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!