Samsung Galaxy S21 FE qachon taqdim qilinishi aytildi

Samsung Galaxy S21 FE qachon taqdim qilinishi aytildi

Yangi tarqalgan mish-mishga ko‘ra, Samsung o‘zining Galaxy S21 FE smartfonini 8-sentyabr kuni taqdim qilishni rejalashtirmoqda. Bu o‘tgan yilgi Galaxy S20 FE'ning taqdimotidan oldinroqdir.

O‘QING: Samsung kutilmaganda Galaxy S21 FE suratini rasmiy Instagram-sahifasiga chiqardi!

Samsung'ning intiqib kutilgan Galaxy S21 FE smartfoni kelasi hafta o‘rtalariga taqdim qilinishi mumkin. Bu haqda YouTube'chi va insayder Muari QHD xabar bermoqda.

Mish-mishga ko‘ra, yangi smartfon kelasi chorshanba kuni chiqadi. Bu ma’lumot Samsung xodimidan olingan, lekin rasman tasdiqlangan emas.

Holbuki, mazkur xabarni tasdiqlovchi ko‘plab asoslar ham yo‘q emas. Qurilma Google Play Console va Bluetooth SIG veb-saytlarida paydo bo‘lgan. Bundan tashqari, iyun oyida FCC'da «qo‘lga tushgan». Shuningdek, o‘tgan yilgi S20 FE sentyabr o‘rtalarida taqdim qilingan edi. Demak, bularning barchasini inobatga olsak, yuqoridagi ma’lumot asosli bo‘lib chiqishi mumkin.

Ammo smartfon qaysi davlatlarda mavjud bo‘lishi borasida hozircha aniq gap yo‘q. Chip yetishmovchiligi sabab smartfon faqat AQSh va Yevropada sotuvga chiqishi haqida xabarlar ham tarqalgan edi. Smartfon S20 FE'ga nisbatan arzon bo‘lishi ham aytilmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy S21 FE'ning texnik jihatlari rasman tasdiqlandi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.