Samsung Galaxy S21 FE'ning texnik jihatlari rasman tasdiqlandi

Samsung Galaxy S21 FE'ning texnik jihatlari rasman tasdiqlandi

Yangi Galaxy S21 FE smartfonining texnik jihatlari va dizayni haqidagi ma’lumotlar internet sahiflarida bir necha oydan beri aylanib yuribdi. Endi esa ushbu ma’lumotlar ishonchli manbalar tomonidan rasman tasdiqlandi.

O‘QING: Arzon «avtonomlik monstri» – Galaxy F22 taqdimoti va xususiyatlarini Samsung rasman e’lon qildi

Galaxy S21 FE 6.4 dyuymli AMOLED displeyiga ega bo‘lib, uning rezolyusiyasi 1080x2340 pikselni tashkil qiladi. Taqqoslash uchun, Galaxy S21 6.2 dyuymli displey, Galaxy S20 FE esa 6.5 dyuymli ekranga ega edi.

Smartfonning o‘lchamlari 155.7 x 74.5, 7.9 millimetrni tashkil qiladi. Smartfon S20 FE'ga qaragan biroz kichikroq va ingichkaroq.

Kameralar modulida uchta kamera joylashgan bo‘lib, undan 32MP asosiy kamera, 12MP ultrakeng kamera hamda 8MP telefoto kamera o‘rin olgan.

Selfi kamera esa 12MP ni tashkil qiladi. O‘tgan yilgi S20 FE'da ushbu ko‘rsatkich 32MP ekanligini hisobga olsak, buni kamchilik deyish mumkin.

Yaqinda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreya uchun ishlab chiqariladigan Galaxy S21 FE'lar uchun kompaniya Snapdragon 888 chipini o‘rnatsa, Yevropa, Shimoliy Amerika va boshqa hududlar uchun mo‘ljallangan smartfonga Exynos chipi qo‘yiladi.

Qurilmaning tezkor xotirasi 6GB yoki 8GB bo‘lsa, doimiy xotirasi 128GB yoki 256GB'ni tashkil qiladi. Shuningdek, xotirani microSD bilan ham kengaytirish mumkin bo‘ladi.

Galaxy S21 FE 4,500 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lishi kutilmoqda. Smartfon 44 vattda quvvat olish ehtimoli ham bor. Biroq smartfon qutisidan 25 vattlik quvvatlagich chiqishi ehtimoli katta.

O‘QING: Exynos 2200 protsessori Snapdragon 895 chipidan ustun keldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!