Samsung Galaxy S21 FE'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Samsung Galaxy S21 FE'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Bir necha oylik kechiktirilishlardan so‘ng nihoyat Galaxy S21 FE modeli taqdim etildi. Qiziq tomoni shundaki, ushbu FE model S21 seriyasidan bir yil o‘tib, S22 seriyasi taqdimotiga yaqin taqdim qilindi. 

O‘QING: Samsung Galaxy M52 5G'ning texnik va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Samsung odatda Fan Edition modelida uchta xususiyatga e’tibor qaratadi. Bular - displey, unumdorlik va kamera. Qurilma nisbatan arzonroq narxga kuchli texnik jihatlarni taklif etadi. Shuning uchun, FE modellari “flagmanlar qotili“ nomi bilan tanilgan. S21 FE'ni bunday deb ata olmaymiz, biroq haqiqatdan ham smartfon flagmanlar xususiyatini taqdim eta oladi. 

Galaxy S21 FE'ga 6.4 dyuymli Dynamic AMOLED 2X displey o‘rnatilgan bo‘lib, u HDR10+ va 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Taqqoslash uchun, S20 FE modeli Super AMOLED displeyi jihozlangan bo‘lib, unda HDR10 imkonyati yo‘q edi. 

Foto: GSMArena

Kutilganidek, qurilmaga xuddi S21 uchligi kabi Snapdragon 888 yoki Exynos 2100 chiplari o‘rnatildi. 

Kameralar haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, ular eski Galaxy S20 FE'dan ko‘chirib olinganga o‘xshamoqda. Smartfonga 12MP asosiy kamera, 12MP ultrakeng kamera, 3x optik zumni qo‘llab-quvvatlovchi 8MP telefoto kamera va 32MP selfi kamera o‘rnatilgan. Ko‘rib turganingizdek, kamerada hech qanday o‘zgarish yo‘q, biroq yangi chipset o‘zi bilan Object Eraser kabi ajoyib funksiya va takomillashgan suratni qayta ishlash tizimini olib kelgan. 

Qurilma stereo dinamik va ekranosti barmoq izi skaneriga ega. Afsuski, xotira hajmini microSD kartasi bilan kengaytirishning iloji yo‘q. 

IP standarti ham S seriyasining muhim bir qismi. S21 FE'da ham suv va changdan himoyalovchi IP68 standarti mavjud. Smartfonning korpus tuzilishi Galaxy S21 modeliga o‘xshaydi - old panel Gorilla Glass Victus shishasi bilan himoyalangan, orqa panel plastikdan, rom esa alyuminiydan ishlangan. 

Samsung Galaxy S21 FE 5G'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 155.7x74.5x7.9mm, 177g; old shisha (Gorilla Glass Victus), orqa panel plastik, aluminum rom; IP68 standarti. 

> Displey: 6.40“ Dynamic AMOLED 2X, 120Hz, HDR10+, 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 411ppi zichlik. 

> Chipset: Qualcomm SM8350 Snapdragon 888 5G (5 nm)/Exynos 2100 (5 nm): Sakkiz yadroli(1x2.84 GHz Kryo 680 & 3x2.42 GHz Kryo 680 & 4x1.80 GHz Kryo 680)/Sakkiz yadroli(1x2.9 GHz Cortex-X1 & 3x2.80 GHz Cortex-A78 & 4x2.2 GHz Cortex-A55); Adreno 660/Mali-G78 MP14. 

> Xotira: 6/128GB, 8/128GB, 8/256GB 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, One UI 4. 

> Kamera: Asosiy kamera: 12MP, f/1.8, 26mm, 1/1.76“, 1.8µm, Qo‘sh Piksel PDAF, OIS; Ultrakeng kamera: 12MP, f/2.2, 13mm, 123˚, 1/3.0“, 1.12µm; Telefoto: 8MP, f/2.4, 76mm, 1/4.5“, 1.0µm, PDAF, OIS, 3x optik zum. 

> Selfi kamera: 32MP, f/2.2, 26mm (keng), 1/2.74“, 0.8µm. 

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@30/60 kadr/sek, 1080p@30/60/240 kadr/sek, 720p@960 kadr/sek, HDR10+, gyro-EIS; Selfi kamera: 4K@30/60 kadr/sek, 1080p@30/60 kadr/sek, gyro-EIS. 

> Akkumulyator: 4,500 mAs; Fast Charging 25W, 50% - 30 daqiqada (reklamaga ko‘ra), 15 vatt simsiz quvvatlanish imkoniyati, o‘zidan quvvat berish imkoniyati, USB Power Delivery 3.0. 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); NFC. 

Qurilmada 3.5mm audio jek va microSD uyasi mavjud emas. Shuningdek, qurilmaning arzonroq 4G versiyasi taqdim etilmadi. 

Qadoq tarkibi 

Apple ortidan Samsung ham smartfonlarni quvvatlagichsiz sotishni boshladi. Qurilma qutisida smartfon bilan birga USB-C kabeli bo‘ladi holos. 

Foto: GSMArena

O‘QING: Galaxy A22'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz