Samsung Galaxy S21 va Galaxy S20 smartfonlari o‘rtasidagi farqlar bilan tanishamiz

Samsung Galaxy S21 va Galaxy S20 smartfonlari o‘rtasidagi farqlar bilan tanishamiz

Samsung hafta o‘rtasida Galaxy S21 lineykasini taqdim qildi. Biz bu haqda mana bu va mana bu maqolalarimizda xabar bergandik.

Yangi flagman smartfonlar orasida standart Galaxy S21 smartfoni, standart model bilan deyarli bir xil bo‘lgan Plus modeli hamda eng zo‘r kamerafonlikka haqiqiy nomzod bo‘lishi mumkin bo‘lgan Ultra modellari bor. Agar taqdimot marosimini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, mana bu maqolamiz orqali 14-yanvar kuni taqdim qilingan barcha qurilmalar anonsini tomosha qilishingiz mumkin.

O‘QING: Samsung ekranosti kamerali ilk devaysini ko‘rsatdi, lekin bu smartfon emas! (rasmiy video)

Keling, endi har uchala smartfonni o‘tgan yilgi Galaxy S20 modellari bilan taqqoslab, qanday apgreydlar bo‘lganini ko‘rib chiqamiz.

Samsung Galaxy S21 5G vs Samsung Galaxy S20 5G

Nima o‘zgardi? Standart model butunlay yangicha dizaynga ega bo‘ldi. Smartfon ekrani yassi qilib ishlandi — bu kimlar uchundir yaxshi o‘zgarish bo‘lsa, boshqalarga yoqmasligi mumkin. Yangi chipset unumdorlikning sezilarli darajada oshishini ta'minlashi kerak, biroq ekran rezolyutsiyasi 1080p'ga tushirildi. Ammo panel adaptiv yangilanish chastotasiga egaligi bois quvvat sarfini optimallashtirishga erishiladi.

Ijobiy o‘zgarishlar:
•Tezkor chipset;
•Arzonroq boshlang‘ich narx (€850 vs €999);
•256GB xotira opsiyasi;
•Kuchliroq bo‘lgan Gorilla Glass Victus himoyasi;
•Yangicha dizayn.

Salbiy o‘zgarishlar:
•Ekran QHD+ dan FullHD+ ga tushirilgan;
•Biroz yengliroq va og‘irroq;
•microSD karta sloti yo‘q;
•Qadoq ichida quloqchin va quvvatlagichlar yo‘q (aksariyat bozorlarda);
•Orqa panel plastikdan.

Samsung Galaxy S21+ 5G vs Samsung Galaxy S20+ 5G

Nima o‘zgaradi? S20+ va S21+ lar o‘rtasidagi farq xuddi S20 va S21'lardagi tafovut bilan bir xil nisbatda. Smartfon yangicha ko‘rinishga, korpus esa kengroq ranglar palitrasiga ega. Yassi ekran va asosiy kameralarning texnik jihatlari o‘zgarmagan. S21+ dan ToF datchigi olib tashlangan, lekin bu datchikning ko‘pchilik uchun amaliy ahamiyati ham yo‘q edi, aslida.

Ijobiy o‘zgarishlar:
•Tezkor chipset;
•Arzonroq boshlang‘ich narx (€1,050 vs €1,099);
•Kuchliroq bo‘lgan Gorilla Glass Victus himoyasi;
•Yassi ekran;
•Yangicha dizayn.

Salbiy o‘zgarishlar:
•ToF kamerasi yo‘q;
•microSD karta sloti yo‘q;
•Qadoq ichida quloqchin va quvvatlagichlar yo‘q (aksariyat bozorlarda).

Samsung Galaxy S21 Ultra 5G vs Samsung Galaxy S20 Ultra 5G

Nima o‘zgardi? Yangi Ultra eng katta o‘zgarishlarni boshdan o‘tkazgan. Harakatlanmaydigan kontent tomoshasida ekranning yangilanish chastotasi 10Hz'gacha pasayadi.

O‘tgan yilgi Ultra bilan bu yilgisining eng katta farqi, shubhasiz, orqa panelda namoyon bo‘ladi. S20 Ultra'ga bir dona 5x telefoto kamera qo‘yilgan edi. Yangi Ultra'ga esa bitta 3x, bitta 10x lik linza qo‘yilgan. Ultrakeng burchakli kamera avtofokusga ega bo‘ldi. Asosiy kamera esa past yorug‘likda yaxshiroq tasvirlar oladigan qilib ishlangan.

Ijobiy o‘zgarishlar:
•10x optik zum kamera;
•Ikkinchi 3x telefoto kamera;
•Kuchliroq bo‘lgan Gorilla Glass Victus himoyasi;
•Samsung'ning 1440p+ 120Hz'lik ilk displeyi, 1,500 nit;
•Yangicha dizayn, korpus ranglari opsiyasi ko‘proq.

Salbiy o‘zgarishlar:
•Tezkor quvvatlanish 45 Vt dan 25 Vt ga tushirilgan;
•Biroz og‘ir;
•Qadoq ichida quloqchin va quvvatlagichlar yo‘q (aksariyat bozorlarda).

O‘QING: Galaxy A32 namoyish qilindi: Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!