Samsung Galaxy S22+ 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Samsung Galaxy S22+ 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Mana oradan bir yil o‘tib, yangi Galaxy S seriyasi taqdim etildi. Biz dastavval Galaxy S22+ smartfoni bilan tanishishdan boshlaymiz. 

O‘QING: Galaxy S22+ hamda S22 Ultra'ning 45 vattda quvvat olishi yolg‘onmi? 

Turli xil innovatsiyalar sabab yildan yilga smartfonlarning dizayni va texnik ko‘rsatkichlari o‘zgarib ketmoqda. Samsung so‘nggi bir necha yil ichida o‘z barqarorligini yo‘qotib qo‘yayotganga o‘xshaydi. Bunga Note seriyasining tugatilishi va uning dizayn S22 Ultra'ga o‘tganini misol qilib ko‘rsatish mumkin. 

Apple esa o‘zining boshqichma-bosqich strategiyasiga ega va bundan kompaniya bir necha yillardan beri foydalanmoqda. Xo‘sh, bu yilgi S22 seriyasidan qanday yangiliklarni kutish mumkin. 

Foto: GSMArena

Yangi S22 va S22+ modellarni sotib olgan xaridorlar yangi chipset, yangi kameralar va kichikroq hajmdagi akkumulyatorga ega bo‘ladilar. Samsung'ning ta’kidlashicha, akkumulyator sig‘imining kichrayishi uning avtonomlik vaqtiga salbiy ta’sir o‘tkazmaydi, negaki kompaniya buni chipset va displey samaradorli bilan to‘g‘irlmoqchi. Qolaversa S22 va S22+ qurilmalarining displey hajmi biroz kichraygan. Shunday bo‘lsa-da, ular yangi xususiyatlarni o‘zida namoyon eta oladi. 

O‘tgan yilgi S21+ bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, yangi S22+ modelining korpus o‘lchamlari biroz kichraygan, shu bilan birga uning qalinligi ham qisqargan. Shuning uchun, akkumulyator hajmi 4,800 mAs dan 4,500 mAs ga kamaygan. 

Foto: GSMArena

Bu yilgi modelning quvvatlanish tezligi 25 vattdan 45 vattga oshdi. Displey yorqinlik darajasi ham oshirildi. Qurilmaga yangi 50MP asosiy kamera o‘rnatildi. U o‘tgan yilgi modelnikiga nisbatan 23% ga kattaroq. Bundan tashqari, S22+ smartfoni yangi 3x optik zumni qo‘llab-quvvatlovchi 10MP selfi kameraga ega. Ultrakeng hamda selfi kameralar esa o‘tgan yilgi S21+ modelidan olingan. 

Samsung Galaxy S22+ 5G'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 157.4x75.8x7.6mm, 195g; old panel shisha (Gorilla Glass Victus+), orqa panel shisha (Gorilla Glass Victus+), alyuminiy rom; IP68 suv va changdan himoya (1.5 metrgacha 30 daqiqa) 

> Displey: 6.60 dyuymli Dynamic AMOLED 2X, 120Hz ekran yangilanish chastotasi, HDR10+, 1750 nit yorqinlik (maksimal), 1080x2340 piksel rezolyutsiya, 19.5:9 forma faktori, 393ppi zichlik. 

> Chipset: Yevropa: Exynos 2200 (4 nm), Sakkiz yadroli CPU (1x2.8 GHz Cortex-X2 & 3x2.50 GHz Cortex-A710 & 4x1.8 GHz Cortex-A510), Xclipse 920 GPU; Boshqa hududlar: Qualcomm SM8450 Snapdragon 8 Gen 1 (4 nm), Sakkiz yadroli CPU (1x3.00 GHz Cortex-X2 & 3x2.40 GHz Cortex-A710 & 4x1.70 GHz Cortex-A510), Adreno 730 GPU. 

> Xotira: 8/128GB, 8/256GB; UFS 3.1. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, One UI 4.1. 

> Kamera: Asosiy kamera: 50MP, f/1.8, 24mm, 1/1.56“, 1.0µm, qo‘sh piksel PDAF, OIS; Telefoto kamera: 10MP, f/2.4, 70mm, 1/3.94“, 1.0µm, PDAF, OIS, 3x optik zum; Ultrakeng kamera: 12MP, f/2.2, 13mm, 120˚, 1/2.55“ 1.4µm, Super Steady video. 

> Selfi kamera: 10MP, f/2.2, 26mm (keng), 1/3.24“, 1.22µm, qo‘sh piksel PDAF. 

> Video yuzuv: Asosiy kamera: 8K@24 kadr/sek, 4K@30/60 kadr/sek, 1080p@30/60/240 kadr/sek, 720p@960 kadr/sek, HDR10+, stereo ovoz yozish imkoniyati, gyro-EIS; Selfi kamera: 4K@30/60 kadr/sek, 1080p@30 kadr/sek. 

> Akkumulyator: 4,500 mAh; 45 vatt quvvatlash texnologiyasi, USB Power Delivery 3.0, 15 vatt simsiz quvvatlanish imkoniyati, 4.5 vatt o‘zidan quvvat berish imkoniyati. 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran ostida, ultra tovushli); NFC; Samsung DeX, Samsung Wireless DeX. 

Foto: GSMArena

Bu yilgi S seriya avvalgilaridan ancha farq qiladi. Yangi S22 Ultra modeli endi Note seriyasining davomchisi bo‘ladi. S22 va S22+ modellarining esa korpus hajmi kichraydi. Agar S22+ modelini S22 bilan taqqoslak, S22+ 5G'ning korpus, ekran va akkumulyator hajmi kattaroq, shuningdek, u 45 vatt quvvatlash texnologiyasiga ega. 

Hajmini inobatga olmagan, ikki qurilmaning tashqi dizayni bir xil. 

Qadoq tarkibi 

Odatdagidek smartfon qutisida quvvatlash adapteri bo‘lmaydi. O‘tgan yilgi modellarda ham xuddi shu holat kuzatilgan edi. Qutida smartfon bilan birga USB-C kabeli hamda SIM-karta ejektori bo‘ladi holos. 

Foto: GSMArena

Qiziqarli tomoni shundaki, S22 seriyasi smartfonlarining qutisi 100% qayta ishlangan qog‘ozdan tayyorlangan. 

O‘QING: realme 9 Pro+'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.