Samsung Galaxy S22 seriyasi qaysi sanada taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi

Samsung Galaxy S22 seriyasi qaysi sanada taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi

Samsung yangi Galaxy S22 seriyasi fevral oyida taqdim etilishi haqida ma’lumot bergan edi. Ammo smartfonlar qaysi sanada taqdim etilishi haqida hech qanday ma’lumot bermagandi. 

Bugun koreyalik texnogigant qurilmalar 9-fevral sanasida taqdim etilishini ma’lum qildi. 

Samsung'ning aytishicha, tadbirda eng diqqatga sazovor S seriya smartfoni taqdim etiladi. Albatta, bu bilan kompaniya S-Pen uyasiga ega bo‘lgan Galaxy S22 Ultra'ga urg‘u bermoqda. 

Tadbir jonli efirda namoyish etiladi. Shunday qilib, tomoshabinlar shu vaqting o‘zida yangi qurilmalar bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi. 

Hozircha S22 seriyasidan tashqari boshqa qurilmalarning taqdim etilishi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Biroq ushbu tadbirda Galaxy Tab S8 seriyasi ham taqdim etilishi mumkin. Yaqinda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi Tab S8 seriyasi Tab S8, Tab S8+ va Tab S8 Ultra planshetlaridan iborat bo‘ladi. 

O‘QING: Galaxy S22 yoki Tab S8 seriyasiga oldindan buyurtma berib 50 dollarlik vaucherga ega bo‘ling 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!