Samsung Galaxy S22 smartfonining ayrim texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi!

Samsung Galaxy S22 smartfonining ayrim texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi!

O‘tgan hafta Ice Universe nashri Galaxy S22 seriyasi smartfonlarining chiplari hamda kameralari, shuningdek, S22 Ultra'ning zaryadlanish tezligi haqida ma’lumot bergan edi.

Nashrning so‘ngi sizdirilgan ma’lumotlariga ko‘ra, Galaxy S22 qurilmasi 3,700 mAs sig‘imli akkumulyator hamda 25 vatt quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘ladi.

Qiziqarli tomoni shundaki, S22+ va S22 Ultra smartfonlari 45 vattda quvvat oladi. Quvvatlash adaperi uchun xaridorlar yana qo‘shimcha pul sarflashlariga to‘g‘ri keladi, chunki katta ehtimol bilan yangi smartfonlarning qutisida quvvatlagich bo‘lmaydi.

Shuningdek, smartfon hajmi nisbatan kichraygan. Uning displey hajmi 6.06 dyuymni tashkil qiladi.

O‘QING: Samsung Galaxy S22 smartfonining korpus o‘lchamlari iPhone 13 bilan taqqoslandi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.