Samsung Galaxy S22 smartfonining korpus o‘lchamlari iPhone 13 bilan taqqoslandi

Samsung Galaxy S22 smartfonining korpus o‘lchamlari iPhone 13 bilan taqqoslandi

Ice Universe Samsung Galaxy S22 smartfonining o‘lchamlarini S22+, S22 Ultra, S21 hamda iPhone 13 qurilmalari bilan taqqosladi.

O‘QING: Samsung Galaxy S22 Ultra haqida navbatdagi ma’lumot paydo bo‘ldi

Yaqinda tarqalgan mish-mishlarda Galaxy S10e'dan so‘ng, S22 eng ixcham flagman Galaxy smartfoni bo‘lishi aytilyotgan edi. Buning dalili sifatada qurilma 6.06 dyuymli displeyga ega ekanligini ko‘rsatish mumkin.

Yangi Galaxy S22 avvalgi avlod S21 smartfoniga qaraganda kichikroq va ingichkaroq bo‘ladi.

Shuningdek, smartfon 146.7x71.5 millimeter o‘lchamdagi iPhone 13'dan ham kichikroq bo‘lishi aytilmoqda. Ayrim manbalarga ko‘ra, S22'ning o‘lchamlari taxminan S10e smartfoniga yaqin bo‘ladi.

S22'dan tashqari, S22+ va S22 Ultra'ning o‘lchamlari ham e’lon qilindi, o‘lchamlar uchala smartfon o‘rtasidagi katta farqni ko‘rsatib bergan.

O‘QING: 5G tarmog‘iga ega bo‘lgan eng arzon Galaxy smartfoni chiqmoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!