Samsung Galaxy S22 Ultra 200MP Olympus kameraga ega bo‘lishi mumkin

Samsung Galaxy S22 Ultra 200MP Olympus kameraga ega bo‘lishi mumkin

Kelasi yil taqdim etiladigan Galaxy S22 Ultra 200MP asosiy kameraga ega bo‘lishi haqida internet tarmoqlarida ba’zi mish-mishlar yuribdi. Ushbu kamera S21 Ultra'dagi 108MP ISOCELL HM3 sensorga ega bo‘lgan kameraning takomillashgan versiyasi bo‘ladi.

O‘QING: Samsung Galaxy M22'ning texnik jihatlari va renderlari sizdirildi

Ushbu xabarlar koreys nashrlarida tarqalgan bo‘lib, unga ko‘ra, yaponiyalik kamera ishlab chiqaruvchi Olympus kompaniyasi Samsung bilan hamkorlik qiladi. Samsung esa Galaxy S22 Ultra'ni aynan Olympus tomonidan ishlab chiqarilgan 200MP kamera bilan jihozlaydi.

Xabarda, shuningdek, qurilma S Pen'ni qo‘llab-quvvatlashi haqida ham ma’lumot berilgan. Smartfonda stilus uchun uya bo‘lishi yoki bo‘lmasligi noma’lum.

Hozircha ushbu xabarlar shunchaki mish-mish bo‘lishi mumkin. Voqealar rivojini esa kuzatib boramiz.

O‘QING: Samsung Galaxy Z Fold 3 va uning asosiy texnik jihatlari TENAA saytida paydo bo‘ldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!