Samsung Galaxy S22 Ultra GeekBench'da testdan o‘tdi

Samsung Galaxy S22 Ultra GeekBench'da testdan o‘tdi

Nihoyat Galaxy S22 Ultra ham GeekBench'da test topshirdi. Sinovdagi qurilma Exynos 2200 hamda 8GB tezkor xotiraga ega edi. 

O‘QING: Galaxy S22+ smartfoni GeekBench'da testdan o‘tdi

Test natijalariga ko‘ra, smartfon bir yadroli testda 691 ball, ko‘p yadroli testda esa 3167 ballni qo‘lga kiritdi. Bu Tensor hamda Snapdragon 888 chiplarining qayd etgan natijalari bilan o‘xshash bo‘lsa, A15 Bionic chipining natijasidan pastroq hisoblanadi. 

Benchmarkda sinovdan o‘tgan qurilmaning model raqami SM-S908B bo‘lib, katta ehtimol bilan bu S22 Ultra bo‘lishi mumkin. Avvalroq SM-S906B model raqamiga ega bo‘lgan Galaxy S22+ ham GeekBench'da testdan o‘tgandi. 

Galaxy S22 seriyasi 8 fevral sanasida taqdim etiladi. Seriya uchta smartfondan tashkil topgan bo‘lib, S22 qurilmasi 6.06 dyuymli FHD+ displeyi, S22+ esa 6.55 dyuymli FHD+ displey bilan jihozlanadi. Seriyadagi eng katta smartfon Galaxy S22 Ultra bo‘lib, uning displey hajmi 6.81 dyuymli tashkil qiladi. 

Kamera haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, Galaxy S22 hamda S22+ smartfonlari 50MP asosiy kamera, 12MP ultrakeng kamera, 10MP 3x zum kamera hamda 10MP selfi kameraga ega bo‘ladi. 

Galaxy S22 Ultra esa 108MP asosiy kamera, 12MP ultrakeng kamera, ikkita 3x hamda 10x zumni qo‘llab-quvvatlovchi telefoto kamera hamda 40MP selfi kamera bilan jihozlanadi. 

O‘QING: Galaxy A73'ning renderlari e’lon qilindi