Samsung Galaxy S22 Ultra haqida navbatdagi ma’lumot paydo bo‘ldi

Samsung Galaxy S22 Ultra haqida navbatdagi ma’lumot paydo bo‘ldi

O‘tgan yili taqdim qilingan Galaxy S20 Ultra smartfoni 45 vattda simli quvvatlana olardi, biroq bu yilgi S21 Ultra'ning zaryadlanish tezligi 25 vattga tushirilgan edi. Yangi tarqalgan mish-mishga ko‘ra, koreys konglomerati kelasi yilgi S22 Ultra'ni yana 45 vattda quvvat oladigan qiladi.

O‘QING: Exynos 2200 haqiqatan o‘ta kuchli bo‘ladi

Bu haqda ishonchli insayder Ice Universe'ga tayanib GSMArena xabar bermoqda. Insayderning ta’kidlashicha, Galaxy S22 Ultra'ning 45 vattda (10V/4.5A) zaryad olishi 100% tasdiqlangan. S22 oilasining boshqa vakillari 45 yoki 25 vattdan qay birida quvvat olishi hozircha aniq emas.

Galaxy S21 Ultra

Akkumulyator sig‘imiga to‘xtalsak, 3C sertifikatlari Plus modeli 4,500 mAs, Ultra esa 5,000 mAs akkumulyatorga ega bo‘lishini ko‘rsatmoqda.

Galaxy S22 seriyasi taqdimotiga hali bir necha oy bor, lekin ma’lumotlar sizdirilishda davom etmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy S22'lar ertaroq taqdim qilinishi mumkin

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!