Samsung Galaxy S22'lar ertaroq taqdim qilinishi mumkin

Samsung Galaxy S22'lar ertaroq taqdim qilinishi mumkin

Samsung kompaniyasi Galaxy S22 lineykasini mart oyida emas, balki Mobile World Congress'dan oldin – yanvar oyida taqdim qilishi mumkin. Bu haqda The Elec nashriga tayanib, iGuides.ru sayti xabar bermoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy S22 seriyasi smartfonlarining kamera imkoniyatlari, displey o‘lchamlari hamda akkumulyator sig‘imi qancha bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

Bu yilgi Galaxy S21'lar taqdimoti avvaliga kechiktirilgan edi. The Elec'ning yozishicha, bu o‘zgarish vaqtinchalik bo‘lmasligi mumkin. Koreyslar navbatdagi flagmanlarni endilikda har doim yilning birinchi oyida namoyish qilishlari mumkin.

S22'larni ommaviy ishlab chiqarish joriy yilning noyabridan boshlanadi. Shunday qilib, kompaniya taqdimotga qadar bir partiya flagmanni tayyorlab qo‘ygan bo‘ladi.

S22 flagmanlarining asosiy yangiligi faqatgina Ultra modeliga emas, balki uchala modelga ham periskop kamera joriy qilinishi bo‘ladi. Bu bilan, yangi smartfonlar bozordagi eng yaxshi kamerafon nomiga da’vogarlik qila oladi.

O‘QING: Galaxy S22'ning kamerasi borasidagi ma’lumotlar sizdirildi. Samsung ijobiy o‘zgarish qilmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.