Samsung Galaxy S7: ekrani, o‘ziga xosliklari va raqiblari

Samsung Galaxy S7: ekrani, o‘ziga xosliklari va raqiblari

Galaxy S7 ikki xil – 5.2 hamda 5.8 dyuymli o‘lchamda taqdim etiladi. Ulardan biri 4K texnologiyali displeyga ega bo‘ladi. Boshqa bir manbaada ekranning 1440×2560 pikselli QHD standartida bo‘lishi aytilgan. Bu yangilik Samsung Galaxy Note 5 va Samsung Galaxy S6 Edge+ qurilmalarida mavjud bo‘lsa ham, uning S7’ning planshet talqinida qo‘llanilishi qoyilmaqom bo‘lishi aniq.

The Wall Street Journal nashrida Samsung kompaniyasi yangi qurilma ekranida hali nomi ma’lum bo‘lmagan texnologiyani qo‘llash yuzasidan tadqiqotlar olib borayotgani to‘g‘risida yozilgan.

Koreyaning boshqa bir nashrida yozilishicha, kompaniya Tayvandagi ekran ishlab chiqaruvchi korxonaga katta miqdordagi qayrilma ekranga buyurtma bergan ekan. Demak, Galaxy S7 bukri ekranli bo‘lishi ham mumkin.

Samsung “Turtle Glass” nomli displey brendini Koreya Intellektual patent idorasidan ro‘yxatdan o‘tkazgan. Galaxy S7’da bu innovatsiyadan foydalanilishi 2015 yildayoq taxmin qilingan edi.

Hatto kompaniyaning buklama telefon qurimasini taqdim etishi xususida ham gap-so‘zlar quloqqa chalinmoqda. Lekin kompaniyaning sinamasdan turib bunga tavakkal qilishi shubhali.

Samsung Galaxy S7 raqobatchilari

So‘nggi yillarda HTC kompaniyaning munosib raqobatchisiga aylanmoqda. HTC One M10 qurilmasining Samsung Galaxy S7’ning raqibi bo‘lishi kutilmoqda. Ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmasa ham, dizayn va imkoniyatlari jihatidan HTC’ning bu apparati ko‘pchilikni hayron qoldirmoqda.

iPhone 6S va iPhone 6S Plus, Sony Xperia Z6 mobil aloqa vositalari ham odamlarning diqqatini tortmoqda.

Samsung Galaxy S7 kamera va akkumulyator

Kompaniyaning Britecell kamerasi yorug‘lik past holatda ham sifatli surat oladi. Shuningdek, u Galaxy S6’ning kamerasidan ixchamroq. S7 shu kamera bilan ta’minlansa ajab emas. Ammo kompaniyaning Sony’ning Xperia Z5 qurilmasida mavjud 25 megapikselli  IMX30 sensor kamerasini ishlatishni ham rejalashtirgan.

Galaxy S6’da 16MP kamera mavjud bo‘lsa, Galaxy S7’ga 12MP kamera o‘rnatilishi haqida ham mish-mishlar yuribdi.

Taniqli AnTutu standartlarni aniqlash tizimi tomonidan Samsung Galaxy S7 telefoni sifatida tanishtirilgan apparatda 16 megapiksellik orqa, 5 megapiksellik old kamera mavjud.

Samsung’ning navbatdagi avlodida iPhone 6S’dagidek ketma-ket olingan bir nechta fotosuratlardan iborat “Live Photos” texnologiyasi qo‘llaniladi. GIF – tasvirni almashish formatiga o‘xshash bu funksiyada suratlar ayfondan farqli ravishda ovozsiz yozib olinishi taxmin qilinmoqda. Bu esa ularni ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda ulashish imkonini oshiradi.

Qo‘l telefoniga ajralmaydigan quvvat toshi (batareya) o‘rnatilishi mumkin. S6’da bir martalik quvvatdan keyin 17-18 soat foydalanish imkoniyati mavjud. Yangi telefonda bu vaqt yanada uzayishi mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!