Samsung Galaxy S7: kompaniya “qarta”larini ocha boshladi

Samsung Galaxy S7: kompaniya “qarta”larini ocha boshladi

Samsung nihoyat Samsung Galaxy S7 gadjetiga oid ba’zi ma’lumotlarni oshkor qila boshladi. Xususan, qurilmaning suv ta’siriga chidamliligi o‘z tasdig‘ini topdi. IP68 raqamli guvohnoma tasodifan suvga tushib ketgan qurilmaning o‘z-o‘zini himoya qila olishini kafolatlaydi.

Shuningdek, kompaniya tomonidan yangi mobil aloqa vositasining ikki chetki, sohil displeylariga ega talqining bo‘lishi ham aytilgan. Demak, uning ko‘pchilikni maftun qilgan Samsung’ning Galaxy S6 hamda Galaxy S6 Edge qurilmalarining keyingi avlodi deyish mumkin.

Samsung’ga yaqin manbaaning The Korea Times nashriga bergan ma’lumotiga ko‘ra, S7 qurilmasi suratga olish va tasvir namoyishi jihatidan yuqori imkoniyatga ega bo‘ladi.

Kompaniya Galaxy S7 Edge talqinini taqdim qilsa ham, uning o‘rniga keyinchalik 5.7 dyuymli diagonal, 2K texnologiyasidagi displeyga ega Galaxy S7 Edge+ planshetini ommalashtirishni rejalashtirgan.

Samsung Galaxy S7 ekranining diagonali 5.7 dyuym bo‘lishi kutilmoqda. Bu shu turdagi qurilmalar bilan solishtirganda, ancha katta o‘lcham. QHD turidagi displeyning piksellar sig‘imi 1440 x 2560 bo‘lib, har kvadrat dyuym 500 ta piksel sig‘imiga ega. Bu turdagi monitordan ilk marotaba Galaxy S5 gadjetida foydalanilgan edi.

Kompaniyaning dasturiy mahsulotlar injiniringi bo‘yicha mutaxassisining aytishicha, iPhone 6S’dagi kabi, Samsung ham navbatdagi qurilmasida suratga olishning yangi formati bo‘lgan “Live Photos” ya’ni, GIF-animatsiyalar yordamida bir necha suratlardan harakatli tasvir hosil qilish texnologiyasini ham joriy qiladi. Faqat “Vivid Photos” deb nomlanishi kutilayotgan yangi texnologiya ovozsiz va uni oson yuklab olish mumkin bo‘ladi.

Samsung xodimlaridan biri Galaxy S7’ning bosh kamerasi 12MP bo‘lishini aytgan. Galaxy S6’da esa 16MP kamera mavjud.

Samsung Galaxy S7 gadjeti Android Marshmallow operatsion tizimida bo‘lishi aytilgan. Ammo kompaniyaning qurilmaga mo‘ljallangan yangi “Jungfrau” operatsion tizimini e’lon qilishi to‘g‘risida ham gap-so‘zlar yuribdi.

Samsung_Galaxy_S6

Samsung_Galaxy_S6

Yangi smartfon “jiddiy” audio qobiliyatlarga ega bo‘lishi haqidagi gap-so‘zlar shunchaki foydalanuvchilar diqqatini tortish uchun cho‘pchak emasligi aniq. Chunki, kompaniya unda 32-bit mobil audio uzatish imkoniga ega ESS Technology chipi, 129 detsibel shovqin chiqarish imkoniga ega audio protsessordan foydalanishni rejalashtirgan. Bu esa ovozning baland va tiniqligini ta’minlaydi.

Qurilmaning USB Type-C porti uni tezkor quvvatlantirish uchun ham xizmat qiladi va unga ulanish yo‘lagi doira shaklida bo‘ladi.

Galaxy S6’dan farqli ravishda yangi gadjetga uning egasi mustaqil ravishda qo‘shimcha microSD xotiralarni ham o‘rnatishi mumkin.

Hozircha “samsungshunos” ekspert va tahlilchilar yangi smartfonning $650 dollardan sotilishini taxmin qilishmoqda. Barchasi bilan batafsil 21 fevral kuni Barselonada o‘tadigan Jahon mobil aloqa kongressida o‘tadigan namoyishdan so‘ng bilib olamiz.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!