Samsung Galaxy S7`ning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Samsung Galaxy S7`ning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Gadjetlar dunyosida yangi qurilmalar haqidagi mish-mishlar ko‘payib bormoqda. Yangilikka tashna odamlarning axboriy extiyojlarini yaxshi anglagan manbalar, asosli yoki asossiz, qat’iy nazar, turli ma’lumotlarni tarmoq orqali “sizdirmoqda”.

Twitter tarmog‘idagi @Ricciolo1 nomli foydalanuvchining tasdiqlashicha, Samsung Galaxy S7 smartfoni 2016 yilning 21 fevralida bo‘ladigan Galaxy Unpacked 2016 konferensiyasida jamoatchilikka taqdim qilinadi. Insayderning qayd etishicha, kompaniya Samsung Galaxy S7 yanvar oyida taqdim qilinishi haqidagi gaplarni “esdan chiqardi”.

Mutaxassislar yangi qurilmaning ekrani ta’sirchan texnologiya (3D Touchga o‘xshash) asosida bo‘lishi, shuningdek, USB Type-C port bilan ta’minlanishini taxmin qilishgandi. Qolaversa, Samsung Galaxy S7 magniy qoplamali korpus, qo‘sh kamera (20 MP), kuchaytirilgan audiotizimga ega bo‘ladi va «premium» hamda «sub-premium» versiyada ishlab chiqarilishi mumkin.

Qizig‘i shundaki, @Ricciolo1 ismli foydalanuvchi o‘zining 27 avgustda Twitterda “Ushbu sanani eslab qoling” deb yozganida Samsung Galaxy S7 smartfonining taqdimot vaqtiga ishora qilganini aytgan.

Aytish joiz, kelasi yilning 21 fevrali o‘ziga xos ahamiyatga ega. Ya’ni 22-26 fevralda yirik tadbir—MWC 2016 (Mobile World Congress) o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shundan kelib chiqib, kompaniya Samsung Galaxy S7 smartfonini tadbirning haqiqiy “yulduzi”ga aylantirish maqsadida taqdimotni aynan 21 fevral sanasida o‘tkazishni niyat qilgan bo‘lishi mumkin, deydi mutaxassislar.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.