Samsung Galaxy S7: operatsion tizim, layoqat va narx

Samsung Galaxy S7: operatsion tizim, layoqat va narx

The Samsung Galaxy S7’ning Android Marshmallow operatsion tizimi bilan taqdim qilinishi deyarli aniq.

S7’da maxsus salqinlatuvchi suyuqlik texnologiyasidan foydalanilishi apparatning qizib ketishi bilan bog‘liq holatlarning oldini oladi.

Galaxy S7’ning ikki – Exynos  mikroprotsessorli va Qualcomm Snapdragon 820 protsessorli talqinlari ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Ammo Samsung Electronics’ning o‘z mahsuloti bo‘lgan Qualcomm Snapdragon 820 protsessori o‘rniga kompaniyaning Qualcomm mahsulotidan foydalanishi tasdiqlanmagan. Snapdragon 810 protsessorlarining qizib ketishi va sekin ishlashi esa tez-tez quloqqa chalinmoqda.

Foydalanuvchilar tezkor xotira sig‘imi Galaxy S6 Edge+ qurilmasida mavjud 4GBdan kam bo‘lmasligini istashmoqda.

Samsung Galaxy S7: narx

Uning aniq bahosi haqida tasdiqlangan ma’lumot yo‘q. Ammo qurilmaning Galaxy S6’dan arzon bo‘lmasligi, taxminan 650 AQSh dollariga baholanishi aytilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!