Samsung Galaxy S8’da olingan ilk suratlar e’lon qilindi

Samsung Galaxy S8’da olingan ilk suratlar e’lon qilindi

Samsung smartfonlari shu vaqtga qadar mobil fotografiyaning tarozi toshlaridan biri bo‘lib kelgan. Galaxy S8 hamda Galaxy S8+ smartfonlari ham avvalgi gadjetlar kabi, yaxshi kamera modullari bilan ta’minlangan.

Samsung mazkur flagman smartfonlaridagi surat olish algoritmiga “multi-frame” (bir nechta kadr olish) texnologiyasini joriy qilgan. Bunda kamera tugmasi bosilganda ob’yektiv bir manzarani 3 marta tasvirga oladi va soniyalar ichida ularni bir-biri bilan chog‘ishtirib, eng yaxshi jihatlarini qorishtiradi va yagona surat hosil qiladi. Natijada, tasvirning xira yoki noaniq aks etishining oldi olinadi. Bu texnologiya ayniqsa, yorug‘lik past joyda qo‘l keladi.

Smartfonlar 12 megapikselli matritsa, f/1.7 yorug‘lik qabul qilish linzali, sensori qo‘sh-pikselli bo‘lgan kamera va optik barqarorlashtirish funksiyalari bilan ta’minlangan. Old paneldagi kamera uchun Samsung yangi — f/1.7 optik linzali, 8 MP sig‘imli, “aqlli” avtofokus tizimiga ega selfi kamera tanlagan. Bosh kamera sig‘imi UHD, ya’ni 3840 x 2160 pikselli, old kamera esa QHD (2560 x 1440) sig‘imli tasvirlar suratga oladi.

Quyidagi suratlar yorug‘lik darajasi yetarli bo‘lgan ichki sharoitda olingan.

 

Quyida kechki tashqari sharoitda 6:00 va 6:30 oralig‘ida olingan suratlardan namunalarni e’tiboringizga havola qilamiz. Boisi, har qanday kamerafon ham bunday sharoitda sinovdan muvaffaqiyatli o‘ta olmaydi.

Suratlarga baho berib aytish mumkinki, Samsung bu gal ham “aqlli telefon”lariga yaxshi kameralarni o‘rnatgan. To‘g‘ri, ular olgan suratlar sifati avvalgilaridan juda farq qilmaydi. Ammo, tasvirda dinamik diapazon darajasi yuqori, detallar aniq, manzara yorqin va yorug‘lik past sharoitda ham suratlar sifati yaxshi. Kamera ilovasining o‘ziga xos yana bir jihati shundaki, u smartfondagi Bixby ovozli yordamchisi bilan bog‘langan. Ya’ni, yordamchiga ovozli buyruq bersangiz, u sizga kerakli suratni topib beradi.

29 mart kuni taqdim qilingan jahonning eng innovatsion smartfoni, sifatida e’tirof etilayotgan Galaxy S8 to‘g‘risida batafsil bu yerda bilib oling.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!