Samsung Galaxy S8: hozircha shundan yaxshisi yo‘q

Samsung Galaxy S8: hozircha shundan yaxshisi yo‘q

 

Samsung’ning flagman smartfonlari yilning eng kutiladigan mobil telefonlari qatoridan joy olganiga ancha bo‘lgan. Boisi, ular smartfon sanoatining biror yangi rivojlanish tendensiyasini albatta boshlab berishadi.

Samsung Galaxy S8 ham maydonga yangilik bilan kirib kelishi kutilgan edi va shunday bo‘lib chiqdi. Note 7 akkumulyatorining portlashi bilan bog‘liq ko‘ngilsizliklardan keyin koreyalik brend o‘z nomini faqatgina innovatsiya yordamida oqlashi mumkin edi. Biz quyida ana shu ilg‘or flagmanning eng yorqin jihatlari xususida to‘xtalib o‘tamiz.

Qadoqni ochamiz …

Samsung Galaxy S8 qadog‘ida smartfon bilan yonma-yon ixchamgina quvvatlash bloki, USB Type-C portiga mo‘ljallangan USB kabeli,  USB Type-C porti uchun USB perexodnigi hamda eng ahamiyatlisi — xalqaro audio tizimlar ishlab chiqaruvchi AKG brendi bilan hamkorlikda tayyorlangan audio quloqchinlari o‘rin olgan.

Dizayn, material va foydalanishga qulaylik

Samsung yangi smartfonida dizayn g‘oyasini yanada takomillashtirgan. Unda Galaxy S7 edge va Note 7 old paneliga xos evolyusion rivojlanishni ko‘rish mumkin. Bu gal kompaniya ekran atrofini o‘rab olgan metall romdan to‘liq voz kechgan. Galaxy S8 ishlab chiqaruvchi aytganiday, “cheksiz displey” falsafasini o‘zida aks ettirgan.

Kompaniyaning bo‘yiga 148,9, eniga 68,1 mm bo‘lgan smarfton korpusi ichiga 5,8 dyuymli ekranni joylashtira olgani chindan ham hayratlanarli va buni texnologik mahorat deb atash mumkin. Natijada, old panelning 84,26% qismi ekrandan iborat va ekranning yon tomonlari silliq ravishda bukik. Buning evaziga foydalanuvchi undan foydalanish chog‘ida qo‘lida metall matoh emas, jozibador shisha displeyni ushlab turganini chindan his qiladi.

Biroq smartfon uchun o‘ta yupqa rom tayyorlagan bilan ish bitmaydi. Bu o‘ziga xos dizayndagi gadjet yaratish yo‘lida hali ishning yarmi edi.  Shuning uchun Samsung yangi flagmanining korpusini yassi burchak va qirralar bilan ta’minladi. Galaxy S8 displeyining qirralari ham korpus singari yassi shaklga ega bo‘lgani bois, tashqi ko‘rinish yaxlit jozibador stilga ega bo‘ldi. Dizayndagi bu kabi texno-yondashuv kompaniyani hech bir ikkilanishlarsiz old paneldagi logotipni orqa panelga ko‘chirish va old panelni to‘liq tugmadan xalos qilishga ilhomlantirdi.

Korpusning orqa tomoni u qadar diqqatga sazovor emas. Biroq, bu yerda ham o‘ziga xos dizayn va uyg‘unlikka guvoh bo‘lish mumkin. Nihoyat, bu gal kamera blogi korpusdan bo‘rtib chiqqani yo‘q. Shunday bo‘lsa ham, o‘ta nozik romlarga ega bo‘lgan. Kamera qatorida, uning chap va o‘ng biqinida svetodiodli fotochaqnoq, barmoq izlari skaneri va yurak urishini nazorat qiluvchi datchik o‘rin olgan.

Ekran «chetidan – chetigacha» dizaynda tugmalardan xoli ishlangani evaziga, barmoq izlari skaneriga orqa paneldan joy ajratildi. Uning korpus markazi emas, kamera yoniga joylashtirilgani g‘alatiroq. Natijada, foydalanuvchi barmog‘ini to‘g‘ridan-to‘g‘ri skanerga qo‘yishini uchun avval panelga ko‘z tashlashga majbur. Ammo, mavjud qoidalarni kimdir chetalb o‘tishi ham kerak. Ayniqsa, bu peshqadam kompaniyalarga yarashadi.

Korpusning asosiy materiallari: old va orqa panelni biriktirib turgan Gorilla Glass 5 himoya shishasi, ekran quyisidagi yupqa alyuminiy rom.

To‘g‘ri, ilg‘or shishali smartfonga hashamdor zeb berib turibdi. Shu bilan birga, agar avaylab foydalanilmasa, bu go‘zallikka osonlik bilan putur yetishi mumkin. Shunday ekan, Galaxy S8 xarid qilayotganda imkon qadar uning uchun g‘ilof ham sotib olishni unutmang.

Nisbatan yirik ekranga qaramasdan, Galaxy S8 korpusi Galaxy S7 edge’ga nisbatan ancha ixcham, va qayrilma displey hoshiyalarining borligi evaziga qo‘lga yaxshi o‘rnashadi. Shuningdek, S8 displeyining yonlari S7 edge’niki kabi o‘tkir emas, yengil yassi qayrilma dizaynda. Shu bois, endi bu yerdagi ilovalarning tasodifan bosilib ketishi bilan bog‘liq holatlar kuzatilmaydi.

S8 dizayni uning boshqaruvidagi o‘zgarshilarga ham sabab bo‘lgan: funksional bosh klavish endi virtual shaklga o‘tgan. Undan foydalanish ancha qulay. «Home» bosh menyu tugmasi barmoq zarbining darajasini his qiladi va shunga ko‘ra amalni bajaradi. Bir muddat foydalangach, bu tugma bilan bemalol unga qaramasdan ham aloqa o‘rnatish mumkin bo‘ladi. “Sozlamalar”dan bu virtual tugmani ham o‘zingizga qulay qilib tahrirlash mumkin.

Galaxy S8’ning korpus klavishlari orasida yagona yangilik — o‘ng biqinidagi maxsus tugmacha. Unda Samsung o‘zining ilk ovozli yordamchisi bo‘lgan Bixby’ni tatbiq qilgan. Bu yordamchi bilan ingliz tilida suhbatlashish, maslahat so‘rash, ma’lumot olish, ma’lumot-tavsiya so‘rash, unga eslatmalarni aytish mumkin. Bu to‘g‘rida quyiroqda ma’lumot beramiz.

Galaxy S8 korpusi suv hamda changdan himoyalangan. IP68 guvohnomasi uning 1 metrlikdagi chuqurlikda 30 daqiqagacha jon saqlashini kafolatlaydi.

Displey

S8’ning 5,8 dyuymli ekran maydoni yuqorida qayd etilganidek, Galaxy S8 displeyi old panelni deyarli egallab olgan. Diagonali 5,8 dyuym bo‘lgan ekran Super AMOLED matritsasida faoliyat ko‘rsatadi. Undagi piksellar sig‘imi 18,5:9 nisbatli tomonlarga ega ekran uchun noodatiy: 2960×1440 belgiga teng. Super AMOLED matritsada har bir piksel alohida yoritilishi bilan o‘ziga xos.

Menyu orqali 4K sig‘imli ekranni kichraytirish mumkin: HD+ (1480×720), Full HD+ (2220×1080) hamda WQHD+ (2960×1440) pikselli qilsa ham bo‘ladi. Ilovalar elementlari ham ekranda shunga ko‘ra aks etadi. Bu funksiya quvvatni tejash uchun joriy qilingan. Shu orqali 3000 (S8 Plus’da 3500) mA soat tok sig‘imiga ega akkumulyator 2,5 kun mobaynida ishlaydi.

S8 displeyi jahonning eng ilg‘or smartfon displeyi sifatida e’tirof qilingan. Uning rang-tasvir uzatishi yaxshi va rang-tasvir markazda qanday bo‘lsa, displey burchak va hoshiyalarida ham shu qadar to‘yingan va tabiiy aks etadi. Sozlamalar orqali ekran rejimlarini tanlab, uning rang uzatishini nisbatan rangdor yoki tabiiy qilish mumkin.

Eng muhim jiati, smartfon krani sRGB rang makonini 100% qamrab oladi.

Misol uchun, rangdorlikni xush ko‘ruvchilar “ko‘k rang filtri” rejimidan foydalanishlari mumkin.

Eng to‘liq rejimda Galaxy S8 ekranining har dyuymida 570 ta belgi aks etadi. Bu ekranda suratni aniq-tiniq va piksellar chizig‘isiz ko‘rish imkonini beradi. WQHD+ sig‘im esa VR virtual tasvirlar texnologiyasidan foydalanish uchun.

S7 edge kabi, S8’ning blokirovdagi displeyida soat, sana va akkumulyator quvvati, kalendar, tanlangan surat, o‘tkazib yuborilgan hodisalarning ramziy belgilarini ko‘rish mumkin. Bu funksiya “Always on Display” (muntazam faol displey) deyiladi va Super AMOLED ekrani bois samarali ishlaydi.

Avvalgi geleksilarga qaraganda, bunisining ekrani ancha aqlli. Misol uchun, bu cho‘ntakka kirishi bilan displey akkumulyator quvvatini tejash uchun o‘chadi. Shuningdek, Always on Display funksiyasida displey tashqi yorug‘likdan kelib chiqib yorqinlik darajasini belgilaydi.

 

Platforma va samaradorlik 

Quvvat tejashda nom qozongan Qualcomm Snapdragon 835 protsessoriga ega Galaxy S8 faqatgina AQShda sotiladi. Galaxy S8’ning xalqaro talqinida 10 nanometrli Samsung Exynos 8895 protsessoridan foydalanilgan. Bu chipda ham 4 ta energo-tejamkor va 1,7 GGs chastota tezligida ishlaydigan ARM Cortex A53, 4 ta yuqori samaradorlikka ega va chastotat tezligi 2,35 GGs bo‘lgan yadrolardan foydalanilgan. Grafik-tasvirlarni qayta ishlash uchun Mali-G71 MP20 video kartasi mas’ul bo‘lib, u avvalgi — Galaxy S7 edge’dagi Mali T880MP12 chipiga qaraganda 40% tezroq ishlaydi.

Smartfonda 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira mavjud. Shu bilan birga, microSD qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi ham mavjud. Bu bo‘lmacha gibrid:  unga yoki 2 ta sim-karta yoki 1 ta sim-karta va 1 ta fleshka qo‘yishga to‘g‘ri keladi.

Galaxy S8 ishlashda yuqori samaradorlik ko‘rsatadi. Uning interfeysi ham, ilovalari ham tezkor ishlaydi. Displeyning piksellar sig‘imi uning ishlashiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Ayni paytda, yetakchi smartfonlar orasida Galaxy S8 jahon yetakchilari qatorida turadi. Jumladan, Antutu benchmarkida 2017 yilning may holatida eng tezkor ishlaydigan smartfonlar o‘ntaligida Galaxy S8 5-o‘rinda turibdi.

S8 smartfoni foydalanuvchining yuzini yoki ko‘zining rangdor pardasini skaner qilib, so‘ng flagmanni blokirovkadan chiqaradi. Shuningdek, smartfonda barmoq izlari skaneri ham mavjud. Bu himoya tizimlarining darajasi turlicha, ya’ni bir-birini to‘ldiradi. Misol uchun, yuzni tanish funksiyasini aldash mumkin. Biroq, shu bilan birga ko‘z pardasi skanerini aldab bo‘lmaydi yoki barmoq izlari skanerini aldash imkonsiz. Barmoq izlari skanerining ishlashi tezkor va aniq.

Ko‘zning rangdor pardasi old panelda joylashgan. U infraqizil nurda ishlagani uchun tunda ham, kunda ham ishlaydi. Uning ishlashi aniq va tezkor.

 

Interfeys

Galaxy S8 flagmani Android 7.0 operatsion tizimining an’anaviy Samsung Experience interfeysida faoliyat ko‘rsatadi. Bu tizim qulaylik va ilg‘or jihatlarga boy. Samsung dizaynerlari ilovalarning ramziy belgilari hamda tezkor sozlamalar va o‘tkazib yuborilgan hodisalarning darpardasini qaytadan chizishgan.

Umumiy olganda, operatsion tizimning vizual interfeysi oson va qulay ko‘rinishga kelgan. Menyuni ochish uchun alohida tugma yo‘q. Buning uchun barmoqni bosh ekran quyisida chapga yoki quyiga, o‘ngga yoki chapga surish kifoya.

 Картинки по запросу samsung galaxy s8 bixby

Bixby

Apple uchun Siri ovozli yordamchisini ishlab chiqqan texnologlar Dag Kittlaus (Dag Kittlaus) va Adam Chiyer (Adam Cheyer) 2016 yilning may oyida Viv nomli yangi virtual assistentni taqdim qilishdi. Uning muhim o‘ziga xosligi — xohlagan dasturchilar bu tizimni o‘zlarining programmalarini markazlashtirishlari mumkin edi.

Bu g‘oya Samsung’ga yoqib tushdi va kompaniya oktyabr oyida bu ovozli yordamchini sotib olib,  Galaxy S8’da Bixby nomi bilan joriy qildi. Bixby foydalanuvchining smartfondan qanday foydalanishini ham nazorat qiladi va shu orqali quvvatni ham tejaydi. Qolaversa, tongda foydalanuvchiga ob-havo ma’lumotlarini, kun rejasini va boshqa muntazam foydalaniladigan xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatadi.

U bilan ingliz tilida suhbatlashish, maslahat so‘rash, ma’lumot olish, ma’lumot-tavsiya so‘rash, unga eslatmalarni aytish mumkin. Ishlashiga ko‘ra, u Apple’ning Siri yordamchisini eslatadi. Shuningdek, Google assistent kabi, Bixby ham buyruqni tushunadi, qo‘shimcha topshiriqlarni bajaradi. Samsung keyinchalik Bixby’ni  internet buyumlar va «aqlli uy»ga ulab, foydalanuvchiga masofadan turib turli qurilmalarni boshqarish, xavfsizlik yoki biror jarayonni nazorat qilish imkonini berish rejasida.

 Похожее изображение

Kamera

Old kamera 8 megapikselli, orqa kamera — 12 MP. Dual Pixel texnologiyasi yorug‘lik past joyda va kichik ob’yektlarni sifatli suratga olishda yordam beradi.

Samsung Galaxy S8 gadjetining bosh va old kameralarida avtofokus funksiyasi mavjud. Bosh kamera sensorining piksel sig‘imi 1.4µm mikronga teng. Har ikkala kamera uchun f/1.7 standartidagi yorug‘likni qabul qiluvchi priborlari tanlangan. U keng burchak ostida surat oladi. Quyidagi suratlarga qarab kamera imkoniyatlariga baho bering.

Kamera ilovasi «sun’iy aql», ya’ni ilg‘or qayta ishlash funksiyalari bilan boyitilgan. Misol uchun, ilovada 16 ta foto-filtrlardan, jumladan 8 ta suratni go‘zallashtiruvchi avto-filtrlardan foydalanilgan.

Shuningdek, 8 MP surat oluvchi old kameraning piksel sig‘imiyam yuqori — 1.22µm mikron.

Bosh kameraning kadrlarni qayta ishlash algoritmi takomillashgani bois, suratlar yuqori aniqlikda aks etmoqda. Misol uchun, kamera har gal 3 ta kadr oladi va ulardagi eng yaxshi jihatlarni birlashtirib, omixta kadrni taqdim qiladi. U Galaxy S7’ning kamerasidan tez ishlaydi.

 

Audio

Galaxy S8 smartfonida bitta tashqi dinamik o‘rnatilgan va u suvdan himoya qiluvchi membrana bilan qoplangan bo‘lsa ham, yaxshi ovoz uzatadi. Misol uchun, shovqin sharoitda ham video ko‘rib, bu karnaydan chiqayotgan ovozni bemalol tinglash mumkin.

Komplektdan joy olgan AKG quloqchinlarining faoliyatiga gap yo‘q: qurilma yuqori, o‘rta va past ovoz chastotalarini ham sifatli uzatadi.  Uning o‘zi bozorda $100 dollardan sotiladi. Xarid qilayotganda bu naushniklarning mavjudligiga alohida diqqat qiling. Ko‘pchilik savdogarlar odatda uni qadoqdan olib qo‘yishadi.

Galaxy S8 bilan bog‘liq yana bir innovatsiya — ma’lumotlarni simsiz uzatishning yangi standarti bo‘lgan Bluetooth 5.0’ning joriy qilingani. Uning yordamida birdaniga 2 ta simsiz naushnikni smartfonga ulash mumkin.

Akkumulyator imkoniyatlari

Note 7 akkumulyatorining yonib ketishi bilan bog‘liq nosozlikdan so‘ng Samsung kompaniyasi akkumulyator texnologiyasiga ehtiyotkorlik bilan yondasha boshladi. Birinchidan, ularning sinov jarayonlariga jiddiy e’tibor qaratildi. Ikkinchidan, ixcham korpusga yirik akkumulyatorni tiqishtirishdan voz kechdi. Shu bois ham, S7 edge akkumulyator sig‘imi 3600 mA soat bo‘lgan bo‘lsa, Galaxy S8’da — 3000 mA soat. Muhimi uning sig‘imi emas. Balki smartfonning quvvatni qanday ishlatishida. S8 displeyi to‘liq quvvat bilan quyidagicha ishlaydi:

HD+ (1480×720) sig‘imida — 8 soat 46 daqiqa

Full HD+ (2220×1080) sig‘imida — 7 soat 38 daqiqa

WQHD+ (2960×1440) sig‘imida — 6 soat 59 daqiqa

3000 mA soatli akkumulyatorga ega bunday gadjet uchun bu — yomon natija emas. Galaxy S8 ekranini Full HD+ rejimiga to‘g‘irlab qo‘ysayiz, undan o‘rtacha 1,5 kun, jumladan 6 soat faol foydalanish mumkin.

Smartfonni USB Type-C porti orqali yoki simsiz tezkor quvvatlash  mumkin.

Xulosa

Samsung Galaxy S8 — bu 5,8 dyuymli displeyining quyisi o‘ta yupqa rom bilan o‘ralgan va displeyi old tugmadan xoli bo‘lgani bilan kelajak dizayniga ega flagman smartfon.  Shu bilan birga, uning yuqori samaradorligi, yoqimli va qulay interfeysi, sifatli kamera hamda samarali quvvat tizimi ham e’tiborga loyiq.  Umuman olganda, Galaxy S8 — yilning eng yaxshi smartfonlaridan biridir.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

asaxiy.uz 6.9 млн сўм Sotib olish
"Малика" савдо мажмуаси 5.9 млн сўм Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.