Samsung Galaxy S8 “kuchli” kameraga egaligini isbotlaydigan kadrlar

Samsung Galaxy S8 “kuchli” kameraga egaligini isbotlaydigan kadrlar

2017 yilning 29 mart kuni taqdim qilingan Samsung Galaxy S8 va S8 Plus flagman smartfonlari xususida deyarli barcha ma’lumotlarni muntazam berib boryapmiz. Yilning peshqadam ilg‘or smartfonlaridan biri bo‘lishi kutilayotgan 5,8 va 6,2 dyuym displeylarga ega smartfonlarning romsiz dizayni — ulardagi bosh innovatsiya. Shuningdek, so‘nggi paytlarda foydalanuvchilar tomonidan e’lon qilinayotgan, bu flagmanda tasvirga olingan suratlar uning kuchli kamera sohibi ekanini isbotlamoqda.

Old kamera 8 megapikselli, orqa kamera — 12 MP. Dual Pixel texnologiyasi yorug‘lik past joyda va kichik ob’yektlarni sifatli suratga olishda yordam beradi.

Quyidagi suratlarning sifatiga o‘zingiz baho bering.

Samsung Galaxy S8 gadjetining bosh va old kameralarida avtofokus funksiyasi mavjud. Bosh kamera sensorining piksel sig‘imi 1.4µm mikronga teng. Har ikkala kamera uchun f/1.7 standartidagi yorug‘likni qabul qiluvchi priborlari tanlangan. Shuningdek, 8 MP surat oluvchi old kameraning piksel sig‘imiyam yuqori — 1.22µm mikron. U keng burchak ostida surat oladi.

Kamera ilovasi “sun’iy aql”, ya’ni ilg‘or qayta ishlash funksiyalari bilan boyitilgan. Misol uchun, ilovada 16 ta foto-filtrlardan, jumladan 8 ta suratni go‘zallashtiruvchi avto-filtrlardan foydalanilgan.

“Panorama”, “Fokus tanlash”, “Taom” kabi rejimlar tunda va kunduzi sharoitlarda ham taassurotli suratlar olish imkonini beradi.

Bosh kameraning kadrlarni qayta ishlash algoritmi takomillashgani bois, suratlar yuqori aniqlikda aks etmoqda. Misol uchun, kamera har gal 3 ta kadr oladi va ulardagi eng yaxshi jihatlarni birlashtirib, omixta kadrni taqdim qiladi. U Galaxy S7’ning kamerasidan tez ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, 5 iyun holatida Samsung Galaxy S8 poytaxtimizdagi “Malika” savdo markazida 5.9 million so‘mdan sotilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.