Samsung Galaxy S8/S8+ hamda Note 8 egalariga ajoyib xushxabar bor!

  •   DiMaX
  •  3358
  •  10.11.2018 08:45

Samsung Galaxy S8/S8+ hamda Note 8 egalariga ajoyib xushxabar bor!

Kuni kecha koreyalik yetakchi smartfonsoz o‘z mobil qurilmalari uchun yangi – Samsung One UI grafik qobig‘ini namoyish etdi. Unga asoslangan proshivka ayni damdagi flagmanlar – Galaxy S9, Galaxy S9+ va Galaxy Note 9 modellariga ham chiqarilishi ushbu tadbirda ta’kidlangan.

O‘QING: Samsung yangi – One UI grafik qobig‘ini chiqardi, lekin uyam hamma uchun emas... (+«jonli» videolar)

Samsung Developer Conference anjumanida Samsung One UI dasturiy ta’minoti o‘tgan yilgi flagmanlar va boshqa modellarga taqdim etilmasligi ta’kidlandi. Biroq endi kompaniya vakillari ushbu ma’lumotni inkor etishdi.

Gapning qisqasi, Samsung kompaniyasi Xitoy bo‘limi rahbarining ma’lum qilishicha, Galaxy S8, Galaxy S8+ hamda Galaxy Note 8 uchun ham Android 9 Pie talqini asosidagi One UI grafik qobig‘i chiqarilar ekan. Bu haqda taniqli insayder Ice Universe o‘zining Twitter-akkaunti orqali xabar bergan:

Kompaniya o‘z smartfonlariga Samsung One UI proshivkasi qachon tarqatilishini aniq aytmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, uni 2019 yilning birinchi choragida taqdim etadi.

Ayni damgacha savdoga chiqqan ko‘plab modellardagi boshqa Samsung smartfonlarini 899 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn buyurtma bilan xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 7 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.