Samsung Galaxy S8 o‘ramida simsiz naushniklar ko‘zda tutiladi

Samsung Galaxy S8 o‘ramida simsiz naushniklar ko‘zda tutiladi

Simli naushniklarning zamoni tugayotganga o‘xshaydi. 2016 yilning sentyabr oyida Apple kompaniyasi smartfondagi an’anaviy 3,5 millimetrli naushnik slotidan voz kechgan ilk yirik ishlab chiqaruvchiga aylandi. Uning ortidan boshqa vendorlar ham asta-sekin shu yo‘nalishda ketishmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda kelgusi yilning taxminan birinchi choragida taqdim etiladigan Samsung Galaxy S8 flagmanida ham bunday naushnik sloti bo‘lmaydi, buning o‘rniga kompaniya ushbu smartfon o‘ramida simsiz naushniklarni ko‘zda tutishi kutilmoqda, deb yozmoqda 3D News.

Hozircha naushniklarning dizayniga oid ma’lumotlar oshkor qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Samsung joriy yilda Gear IconX simsiz naushniklarini sotuvga chiqargan edi. Texnologiya gigantida bu borada zarur tajriba mavjud.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!