Samsung: «Galaxy S9 smartfonlarini CES 2018’da kutmay qo‘yavering!»

  •   DiMaX
  •  2012
  •  06.12.2017 17:46

Samsung: «Galaxy S9 smartfonlarini CES 2018’da kutmay qo‘yavering!»

Shu paytgacha tarqalgan mish-mishlarda Samsung o‘zining Galaxy S9 smartfonini odatdagidan sal oldinroq taqdim etishi aytilayotgan edi. Jumladan, kompaniya yangi flagmanini yilning boshida tashkillashtiriladigan CES 2018 ko‘rgazmasida namoyish etishi ehtimoli ham ko‘zda tutilgan. Ammo bugun chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur taxmin noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi, deb yozadi The Korea Herald.

O‘QING: Galaxy S9’ning asosiy sirlaridan birini Samsung muhandisi sotib qo‘ydi

Manbaning xabar berishicha, Samsung mazkur tadbirda Galaxy S9 modelini taqdim qilmasligi mumkinligini aytgan. To‘g‘ri, bu bilan kompaniya uni CES 2018’da namoyish qilishini butkul inkor etmagan ham. Aftidan, bu borada hali bir qarorga kelinmagan ko‘rinadi.

Eslatib o‘tamiz, Galaxy S8 modeli joriy yilning mart oyidagi alohida tadbirda rasman taqdim etilgan. Uning oldingi «avlod»lari esa Barselonada bo‘lib o‘tadigan an’anaviy Mobile World Congress ko‘rgazmalarida namoyish qilingan. Shundan kelib chiqib, Galaxy S9’ning rasmiy taqdimoti ham MWC 2018 ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tishini taxmin qilish mumkin.

O‘QING: Galaxy S9'ning iPhone X va boshqa flagmanlarni dog‘da qoldiradigan jihati ma’lum bo‘ldi

Yana bir tomoni bor – keyingi bir necha yil mobaynida shunaqa mish-mish tarqaladi: bu gal Samsung o‘z flagmanlarini muddatidan oldinroq namoyish etadi, deyishadi doim. Ammo har gal bularning bari quruq gap bo‘lib chiqaveradi.

Omon bo‘lsak birga ko‘rarmiz – bizdan uzoqlashmang!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!