Samsung Galaxy sotib oling va 129 funt turuvchi quloqchinlarga bepul ega bo‘ling!

Samsung Galaxy sotib oling va 129 funt turuvchi quloqchinlarga bepul ega bo‘ling!

Samsung bir qator Galaxy smartfonlarini xarid qilgan mijozlarga AKG kompaniyasining Y500 simsiz quloqchinlarini bepul taqdim qilayotganini ma’lum qildi.

AKG Y500 quloqchini 129 funt atrofida turuvchi quloq ustidan taqiluvchi Bluetooth'li quloqchin hisoblanadi. Samsung'ning bu harakati bir qator smartfonlari savdosini kuchaytirishga qaratilgan.

Galaxy A50, A70, A80 va S10e devayslariga ushbu quloqchin qo‘shib beriladi. Afsuski, aksiya faqat Buyuk Britaniyada amal qiladi.

Samsung Newsroom UK saytidagi press-relizda aksiya 21 avgustda boshlangani haqida yozilgan. Biroq bu yangilik haqida endi eshityapmiz. Saytda yana yozilishicha, tekin quloqchinlar topshirish muddati 19 sentyabrgacha davom etadi.

O‘QING: Samsung Galaxy A90 5G haqida yangi ma’lumotlar bilan tanishing!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.