Samsung Galaxy Tab S2: dunyodagi eng ingichka planshet

Samsung Galaxy Tab S2: dunyodagi eng ingichka planshet

Samsung kompaniyasi planshetlarning formati borasida tajriba qilishdan to‘xtamayapti. Galaxy Tab S2 yangi modeli eng yaxshisi bo‘lishi mumkin. Jahondagi eng yupqa flagmanning qalinligi 5,6 mm. Ixcham planshet sumkada va hatto kurtka cho‘ntagida ham borligi sezilmaydi.

Planshet 2 xil o‘lchamda ishlab chiqariladi: birinchisi 9,7 dyuymli ekranda, ikkinchisi 8 dyuymli ekranda. 8 dyuymli model universal xarakterga ega. Bunday plenshetda bir vaqtning o‘zida telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berish (buning uchun maxsus so‘zlashuv karnayi bor) mumkin va qolaversa, barcha qulayliklar gadjetning katta ekranida saqlanadi. Video ko‘rish imkoniyati, veb-saytlar o‘qish, navigatsiya—barchasi juda qulay.

Samsung Galaxy Tab S2 8.0 32GB LTE

  • Operatsion tizim: Android 5.0.2
  • Protsessor: Samsung Exynos 7 Octa (5433) 1.9 GHz
  • Tezkor xotira: 3 GB
  • Mobil tarmoq qo‘llanishi : 3G, 4G, LTE
  • Xotira kartasi uchun adapter: microSD, microSDHC, microSDXC
  • Displey: 8″ Super AMOLED
  • Xavfsizlik tizimi: barmoq skaneri
  • O‘rnatmaqurilma: GPS, akselerometr, giroskop, GLONASS, yoritish datchigi, magnitometr, barmoq skaneri, elektron kompas.

Galaxy Tab 7.7 dunyodagi ilk Super AMOLED Plus planshet bo‘lgandi. Uni 2011 yilda taqdim qilishgan, biroq IFA ko‘rgazmasining ikkinchi kunida janjal kelib chiqqan. Apple taqdimot chog‘ida koreyaliklarni g‘oyalar o‘g‘risi sifatida ayblagan.

Planshet juda yupqa va yorqin ekranga ega, LTEni qo‘llay oladi. Hozirgi Galaxy Tab S2 plansheti esa mazkur modelning g‘oyaviy davomchisi sanaladi.

Dizayn

Hajm borasida jajji iPad u bilan tenglasha olmaydi. Koreyslar plansheti 5,6 mm bo‘lsa, iPad mini 7,5 mm. Vazn raqobatida ham koreyslar ustun: 272 gramm. iPad vazni esa 341 gramm. Bu ko‘rsatgichlar hozirda alohida hurmatga munosib sanaladi.

Planshet plastikdan ishlangan, frontal panelga esa kumush ramka tortilgan. Qayta ishlangan metall sifatli, test sinovlarida qirilish, sinish kuzatilmadi.

Planshet a’lo darajada yig‘ilgan: eskstremal yupqalik, yengil vazn va bir vaqtning o‘zida mustahkam qurilma – bu oson vazifa emas. Barcha qismi alyumindan ishlangan iPad dan farqi – Tab S2’ning sirti softach-plastikdan.

4

Orqa qismdagi ikki quticha korpusdagi firma aksessuarlari (masalan, muqova)ni mustahkamlaydi

Pastki qismida ikkita karnay, naushnik va microUSB ostida port joylashgan.

Ekran

SuperAMOLED texnologiyasi qo‘llanilgan displey o‘lchami 7,9 dyuym bo‘lib, RGB palitrasining 93 foiz rangini aks ettiradi. Nuqtalar zichligi 326 ppi, o‘lchami – 2048x1536. Ekran sezgirligi a’lo darajada.

5

Media

Naushnikdagi tovush sifati juda yaxshi, bunday narxga musiqiy imkoniyati yuqori bo‘lgan yetakchi gadjetlarni sotib olish qiyin.

Tab S2 ekrani yirik diagonal va yengil vaznga ega. U internet-planshet rolida qiziqarli ko‘rinadi. Bir vaqtning o‘zida bir necha dasturlarda ishlash va materiallarni bir oynadan ikkinchisiga oson o‘tkazish mumkin.

6

4:3 ko‘rinishdagi yuza internet va matnli dokument uchun yaxshi. Biroq video tomosha qilganda avvalgi avlod planshetlari kabi qulay emas.

Ikkita baland ovozli karnay pastki qismga joylashtirilgan. Shuning uchun o‘yin yoki kino ko‘rish chog‘ida, ekstremal vaziyatda ovozni qo‘l bilan to‘sish mumkin.

Navigator rolida planshet yaxshi ko‘rindi: u sun’iy yo‘ldoshlarni 10-20 soniya ichida tez tutadi.

Kamera

2,1 megapikselli frontal kamera suratlari yaxshi va albatta, selfi uchun yetarli. Bundoq olib qaralsa, planshetlardagi katta pikselli kameralar borasidagi inqilob, smartfonlar bilan qiyoslaganda, hozircha kuzatilmadi.

8 megapikselli asosiy kamera kunduzi yaxshi tasvirga tushiradi. Tungi tasvirlarda esa sifat masalasi muammo: ravshanlik past, shovqin ko‘p. Planshet QHD formatda video tasvirga tushiradi, biroq bunday roliklarning davomiyligi 5 daqiqadan oshmaydi.

Kamerada olingan rasmlar

Xulosa

Samsung Galaxy Tab S2 tavsifiga ko‘ra omadli model: rekord darajadagi yupqalik, ko‘rkam Super AMOLED ekran, kuchli platforma, a’lo tovush va kamera.

Shu o‘rinda aytish kerakki, yupqalikka alohida “mehr berilgan”i uchun apparatning quvvati avtonom rejimda ko‘pga yetmaydi.

Akkumulyator: 4000 mAs. Bu bilan o‘rtacha 4 soat o‘yin o‘ynash yoki 7 soat maksimal tiniqlikda Full HD filmlarni tomosha qilish mumkin. O‘ziga xos kamchiligi ham aynan kam vaqt ishlashida.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

www.asaxiy.uz 2,921,000 сўм Sotib olish
www.olx.uz $450 Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi