Samsung Galaxy Tab S4’ning texnik xususiyatlari fosh bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  1287
  •  04.05.2018 08:52

Samsung Galaxy Tab S4’ning texnik xususiyatlari fosh bo‘ldi

Wi-Fi Alliance hujjatlari orasida Samsung kompaniyasining yangi plansheti haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Galaxy Tab S4 rusumli ushbu qurilma yaqin oylarda taqdim etilishi kutilmoqda.

O‘QING: 2018 yilning eng zo‘r Android-plansheti bilan tanishing!

Mazkur devays Wi-Fi Alliance ro‘yxatida SM-T835 kodli raqami bilan qayd etilgan. Uning ikki xil modifikatsiyada taqdim etilishi ma’lum: bittasi faqat Wi-Fi tarmog‘ini, ikkinchisi esa Wi-Fi hamda LTE tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Galaxy Tab S4 planshetining «elektron yuragi» Qualcomm Snapdragon 835 protsessori bo‘ladi. Mazkur chip 2,45 GGs.gacha takt chastotasiga ega bo‘lgan sakkizta Kryo 280 yadrosini o‘zida jamlagan. Grafikaning qayta ishlanishi uchun esa yuksak samaradorlikka ega Adreno 540 tezlatgichi tanlangan. Uyali aloqa tarmog‘ida 1 Gbit/soniyagacha tezlikda ma’lumot almasha oluvchi X16 LTE uyali modemi ko‘zda tutilgan.

Planshet displeyi diagonaliga 10,5 dyuym, uning tasvir sifati esa 2560x1600 pikselli bo‘lishi aytilmoqda. Korpusning orqa panelida 12 megapiksellik asosiy kamera joylashadi. Selfilar olish uchun esa old yuzada 8 megapikselli kamera joylangan.

Samsung Galaxy Tab S4 kamida 4/64 gigabayt hajmli tezkor va doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Uning dasturiy platformasi tarzida Android 8.x Oreo operatsion tizim talqini tanlangan.

Ushbu gadjetning taqdimot sanasi, bozorga chiqarilish vaqti va narxi hozircha aniq emas. Lekin Samsung kompaniyasining bundan oldingi avlod planshetlari va ko‘plab modellardagi smartfonlari O‘zbekistonda ham sotuvga qo‘yilgan.

O‘QING: Toshkent shahrida haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash yo‘li bilan olinadigan smartfonlar va boshqa gadjetlar narxlari (2018 yil 28 aprel)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.