Samsung Galaxy Tab S8 Ultra'ning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Samsung Galaxy Tab S8 Ultra'ning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Galaxy Tab S8 seriyasiga oid ma’lumotlar sizdirilishi davom etmoqda. Yaqinda sizdirilgan ma’lumotlar Tab 8S Ultra planshetining texnik jihatlarini oshkor qildi. 

O‘QING: GeekBench Galaxy A53 5G'ning texnik jihatlarini oshkor qildi 

Planshetga 120Hz ekran yangilanish chastotasida ishlovchi 2960x1848 piksel rezolyutsiyadagi 14.6 dyuymli Super AMOLED displeyi o‘rnatiladi. 

Displeydagi tirqish eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘lgan jihat bo‘ldi. Ushbu tirqishda ikkita 12 megapikselli selfi kamera joylashgan.

Tab S8 Ultra'ning eng hayratlanarli tomoni bu - uning o‘lchamlarida. Qurilmaning korpus o‘lchami 208.6 x 326.4 x 5.5 millimetrni tashkil qiladi. Taqqoslash uchun avvalgi Tab S7+ planshetining korpus o‘lchamlari 285 x 185 x 5.7 millimetrni tashkil qilar edi. 

Yangi Tab S8 Ultra planshetining 8/12/16GB tezkor xotira va 128/256/512GB doimiy xotiraga ega versiyalari taqdim etiladi. Qurilma Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlanadi. 

Planshet, shuningdek, 45 vattda quvvat oluvchi 11,200 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. Orqa panelda 13MP asosiy hamda 6MP ultrakeng kameralari joylashadi. 

Qurilma Android 12 operatsion tizimiga asoslangan One UI 4.0 grafik qobig‘ida ishlaydi. Yangi tizimga ko‘z charchashini oldini olishga mo‘ljallangan yangi Extra Dim rejimi va Samsung DeX'ning yangi versiyasi qo‘shiladi. 

O‘QING: Barcha Galaxy S22 smartfonlari bir suratda 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!