Samsung Galaxy Watch: “aqlli” soatlarning uchinchi avlodi, bir quvvat olsa 80 soat ishlaydi

  •   Saroy
  •  2144
  •  10.08.2018 12:52

Samsung Galaxy Watch: “aqlli” soatlarning uchinchi avlodi, bir quvvat olsa  80 soat ishlaydi

Samsung kompaniyasi “aqlli” soatlarining yangi avlodini namoyish qildi. Yangi qurilma endi Galaxy Watch, deb ataladi. Gadjet simsiz quvvatlantirilishi mumkin, masalan «ikkitalik» zaryadka gilamchasi bo‘lmish  Wireless Charger Duo orqali. Qurilma bir bor to‘liq quvvat olgandan keyin, naq 80 soat ishlab beradi. Foydalanuvchilar har kungi sog‘lamlashtirish mashqlarini bajarish mumkin, stress darajasini, uyqu sifatini va boshqa ko‘plab yumushlarni amalga oshirish imkoniga ega.

Dastlabki qarashda, yangi qurilma ham avvalgi Gear versiyasida mavjud funksiyalarga egadek, jumladan boshqarish elementi ustidan ishlaydigan dumoloq bazelni ham hisoblaganda. Ammo, amalda uning fnksiyalari ancha kengaytirilgan.

O‘QING:«Vaqti keldi»: Qualcomm smart-soatlar protsessorining ikkinchi avlodini taqdim etyapti!

Galaxy Watch ayni paytda ikkita kattalikda chiqarilmoqda. Biri 42 mm, ikkinchisi 46 mm hajmda, Qolaversa qurilmaning rangi ham bir nechta (kumish, qora va pushti oltin ranglarda). Maxsus datchik foydalanuvchining uyqusini barcha bosqichda kuzatib turadi, hatto qanday qilib qoniqib uxlash yo‘llari haqida  ham maslahat beradi.

 4G-modelli Galaxy Watch’dan smartfonsiz ham  qo‘ng‘iroq qilsa bo‘ladi (LTE 15 ta mamlakatda amal qiladi), shuningdek, soatlar ko‘p sport turlari bo‘yicha qo‘llab quvvatlangan (zalda bajarish uchun 21 ta yangi mashqlar va 39 ta mashg‘ulotlar). Soatda kalkulyator ham bor. U egasining vaznini,   yegan ovqatining kaloriyasini ham o‘lchab turadi. Buning uchun foydalanuvchi taomni suratga tushirsa bo‘ldi, qolganini  tizimning o‘zi bajaradi.

O‘QING:Galaxy Watch «aqlli» soatining taqdimot va savdoga chiqish vaqti ma’lum bo‘ldi

Galaxy Watch shuningdek sizning kundalik rejangizni ham kuzatib borishi mumkin. Sizga raqamli yordamchi bo‘lib, kun bo‘yi rejalashtirgan tadbirlaringiz haqida xabar berib turadi. Samsung Galaxy Watch klassik mexanik soatlarning ovozini ham o‘xshata oladi (chiqqillaydi yoki foydalanuvchiga har soatda signal beradi). Qolaversa,  yangi qurilma  Corning Gorilla Glass DX+ himoya oynasiga va 5 atm suv o‘tkazmaydigan tizimga ega.

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!