Samsung Galaxy X: koreyaliklar inqilobiy buklama smartfonning taqdimot kuni va hatto narxini ham aytishdi!

  •   DiMaX
  •  1988
  •  12.09.2018 17:55

Samsung Galaxy X: koreyaliklar inqilobiy buklama smartfonning taqdimot kuni va hatto narxini ham aytishdi!

Janubiy koreyalik texnogigant joriy yilning 7 noyabrida Samsung Developer Conference anjumanini o‘tkazadi. KoreaHerald nashriga ko‘ra, ushbu tadbirda uning qayishqoq displeyli buklanuvchan smartfoni ham taqdim etiladi.

O‘QING: Samsung direktori so‘z berdi: buklama smartfon shu yiliyoq chiqadi!

O‘tgan yilgi Samsung Developer Conference konferensiyasi San-Fransiskoda o‘tkazilgan edi. Janubiy koreyaliklar bu yilgi tadbirni ham yana shu shaharning o‘zida tashkil etishmoqda.

 KoreaHerald jurnalistlari Galaxy X modelining narxi va ayrim xususiyatlarini ham aytib o‘tishgan. Shuningdek, mazkur inqilobiy smartfonning kodli nomi «Winner» – «G‘olib» bo‘lishi ham aytilgan. Uning yana bitta ilg‘or texnologiyaga ega bo‘layotganligi haqida kuni kecha xabar berganmiz.

Endi ma’lum qilinishicha, mazkur buklama smartfon 1500 dollarga narxlanadi va diagonaliga 3,5 dyuymlik uchta displeyga ega bo‘ladi. Shunisi g‘alati tuyulmoqda – axir, shu paytgacha bu gadjetning yaxlit, buklanuvchi ekranga ega bo‘lishini aytib kelishardi. Bundan tashqari, raqobatchilari allaqachon aynan shunday smartfon prototipini «jonli» ko‘rsatishgan ham.

O‘QING: EKSKLYuZIV: Ishlayotgan holdagi haqiqiy buklama smartfon ilk «jonli» videoda!

Ayni damda buklama smartfonni birinchi bo‘lib taqdim etish yo‘lida janubiy koreyaliklarning asosiy raqibi Huawei hisoblanadi. Shunday form-faktorga ega smartfonlarni yaratish ustida LG va Apple ham ishlamoqda.

Aytish kerakki, 7 noyabrda taqdim etilsa ham, Galaxy X (yoki Galaxy F) gadjetining bozorga chiqaridish vaqti noma’lum. Samsung shu kungacha bozorga chiqargan aksariyat rusumlardagi smartfonlar esa Terashop.uz internet-do‘konimizda sotilmoqda. Ular bilan tanishish, o‘zingizga ma’qul modelning xususiyatlarini ko‘rish va onlayn xarid qilish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Samsung smartfonlarini Terashop.uz’dan xarid qiling va SD-kartani sovg‘aga oling! (2018 yil 31 avgust)