Samsung Galaxy xarid qiling va Galaxy Buds'ga bepul ega bo‘ling!

Samsung Galaxy xarid qiling va Galaxy Buds'ga bepul ega bo‘ling!

Samsung kompaniyasi Birlashgan Qirollikda yangi aksiya e’lon qildi: tanlangan Galaxy smartfonlarini xarid qiling va simsiz original Galaxy Buds quloqchinlariga ega bo‘ling. Aksiya Galaxy S10, S10+, S10e, S10 5G, Note10, Note10+, Note10+ 5G va A90 5G smartfonlari uchun 23-oktyabrga qadar amal qiladi.

Xaridni amalga oshirganingizdan so‘ng, Samsung Members ilovasidan ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak. So‘ngra, 30 kun ichida ilovaning Benefits bo‘limidagi "Galaxy Buds'ingiz sizni chaqirmoqda" xabari ustiga bosib, aksiya doirasidagi smartfon sotib olinganligi isbotini taqdim qilishingiz kerak. 

Ma’lumotlarni olgandan so‘ng, Samsung siz bilan email orqali bog‘lanadi. Xarid isboti tasdiqlanishi bilan esa ikkinchi xabar keladi. Ikkinchi email kelganidan 45 kun ichida Galaxy Buds uyingizga yetkazib beriladi.

O‘QING: Samsung kutilmaganda Galaxy S10 flagmanlarini 300 dollargacha arzonlashtirdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.