Samsung Galaxy Xcover6 Pro - bu qanday smartfon?

Samsung Galaxy Xcover6 Pro - bu qanday smartfon?

Bir necha oy oldin OnLeaks insayderi Galaxy Xcover Pro 2 smartfonining renderlarini taqdim etgan edi. Shundan so‘ng smartfonga oid yangi ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi hamda qurilmaning nomi Galaxy Xcover6 Pro bo‘lishi mumkinligi aytildi. 

Yaqinda smartfonning yangi renderlari e’lon qilindi. Unga avvalgi renderlardan uncha farq qilmaydi, biroq o‘zgarishlar bor. Misol uchun, kamera linzalari va smartfonning tepa hamda yon tomondagi tugmalar qizil rangga o‘zgargan. Bu yorliq tugmalari bo‘lishi kerak, ular foydalanuvchiga ekrandan foydalanmasdan oldindan o‘rnatilgan amalni tezda ishga tushirish imkonini beradi. 

Avvalgi manbalarda smartfon 6GB tezkor xotiraga ega bo‘lgan Snapdragon 778G chipi bilan jihozlanishi aytilgan edi. GizNext bergan ma’lumotlarga ko‘ra, chip 128GB doimiy xotira bilan integrallashadi. Shuningdek, smartfonga 60 gertsda ishlovchi 6.56 dyuymli (1080 x 2408 piksel rezolyutsiya) displey o‘rnatiladi. 

Qurilma 50MP asosiy va 8MP yoki 12MP ultrakeng kamera bilan jihozlanishi kutilmoqda. Old paneldan esa 13MP selfi kamera o‘rin oladi. 

Galaxy Xcover6 Pro modeli 4,050 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. Qizig‘i, akkumulyatorni smartfondan ajratib olish mumkin. Pastki qismida zaryadlovchi dok uchun pogo pinlar joylashagan. U odatda bir vaqtning o‘zida bir nechta telefonlarni zaryad qiladi. 

Smartfon 169 x 80 x 10mm o‘lchamda bo‘lib, uning og‘irligi 235 grammni tashkil qiladi. IP68 standarti esa qurilmani suv va changdan himoya qiladi. 

Hozircha Samsung haqiqatdan ham ushbu smartfonni ishlab chiqarishi haqida ma’lumot beradigan hech qanday rasmiy bayonot yo‘q. Ushbu qurilma professional foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan, biroq oddiy foydalanuvchilar ham uni sotib olsalar bo‘ladi.

O‘QING: Galaxy Z Flip4'ning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi